Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Tarkibiy bo`linmalar /  Viloyat hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi kotibiyati mudiri
Viloyat hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi kotibiyati mudiri

Negmatova Zulayho Yusupovna

200100, Buxoro sh., Ibrohim Mo`minov ko`chasi 1-uy
tel: 224-10-34 e-mail:z-negmatova@buxoro.uz

Qabul kunlari: Har kuni.

 

Kotibiyatning asosiy vazifalari.


Viloyat hokimining o‘rinbosari–xotin-qizlar qo‘mitasi kotibiyati zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

-ayollar va o‘sib kelayottan yosh avlod sog‘ligini mustahkamlash, onalar va bolalar o‘limini keskin kamaytirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida “Ona va bola skriningi” markazlari bilan hamkorlikda ish olib borish, xotin-qizlarni muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlariga e’tiborni qaratish;

-aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda sog‘lom avlodni shakllantirish masalalarini muvofiqlashtirish;

-ayollar sporti va oilaviy sportni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

-ayollar va qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish;

-ayollarning kasbiy-ma’naviy, iqtisodiy, huquqiy, yangi axborot texnologiyalarini egallash mahoratini tarbiyalash va oshirish;

-ayollarning, ayniqsa qishloq joylarida ayollarning turmush sharoitini yaxshilash, bu borada tadbirkorlikning turli  yo‘nalishlarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini barpo qilish, ularni o‘qitish, “Oilani ijtimoiy himoyalash” markazlarining ish uslubini takomillashtirish,  davlat va jamoat tashkilotlarida ayollarning ishlashi uchun shart-sharoitlarni yaratish;

-ekologiya, atrof-muhitning ayollarga   ta’sirini  oldini olish, tabiatni muhofaza qilishda ayollarning rolini oshirish;

-ommaviy axborot vositalari, madaniyat va san’at asarlarida ayol muammolari hamda gender masalalariga bag‘ishlangan eshittirish, teleko‘rsatuv, maqolalar tayyorlash orqali ayolning jamiyatdagi o‘ziga xos o‘rni, qadr-qimmatini oshirish;

-ayollarga  qarshi  qaratilgan  kamsitilish  va  zo‘ravonlikning har  qanday shakllariga qarshi xuquq-tartibot organlari bilan  hamkorlikda  ishlash,  oila  qurish, farzand ko‘rish va ajralish, mol-mulkni bo‘lishda “Oila kodeksi”ga rioya qilinishini ta’minlash,  ayolning huquqiy va mulkiy  da’volarini himoya qilish;

-ayollarni davlat va jamiyat ishlariga ko‘proq jalb etish, nodavlat tashkilotlarida gender muammolariga bag‘ishlangan keng ko‘lamdagi tadqiqotlarni o‘tkazishda ularning rolini oshirish;

-har qanday qurolli ziddiyatlarga qarshi tinchlikni qo‘llab-quvvatlashda ayollarning rolini oshirish;

-idoralar, mahalliy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlarining oila, davlat va jamiyat qurilishida, ayollarning rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiziqishlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

-xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlarining ishini muvofiqlashtirish va ular bilan samarali hamkorlikni ta’minlash;

-nosog‘lom oilalar bilan, shu jumladan oila a’zolari turli jinoyatlar, chunonchi, ekstremistik tashkilotlar faoliyatida qatnashganlik uchun hukm etilgan oilalar bilan ishlashga xotin-qizlar tashkilotlarini jalb etish choralarini ko‘rish;

-din vakillarini jalb etgan holda aholi o‘rtasida oila-nikoh munosabatlarini huquqiy tartibga solish, nikoh bo‘yicha diniy marosimlarni faqat nikoh rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshirish masalalarida tushuntirish ishlarini tashkil etish;

-majmua bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash.

 

Orqaga Chop Etish  1414 |   09-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation