Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Ma`lumotlar /  Umumiy ma`lumot
Umumiy ma`lumot

O`zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi uch turdagi hokimiyatlar tomonidan tashkil etiladi. Bular qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlaridan iborat.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat – Oliy majlis bo`lib, u quyi va yuqori palatadan tashkil topgan. Quyi, ya`ni “Qonunchilik palatasi” 150 nafar doimiy ravishda faoliyat ko`rsatuvchi deputatlardan iborat bo`lib, asosan qonun hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadi. Yuqori palata esa “Senat” deyiladi va u 100 nafar senatordan shakllanadi. Senatorlar o`zlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan holda vaqti-vaqti bilan yig`ilib turadilar va Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun hujjatlarini o`rganib chiqib, qabul qiladilar.

Ijro hokimiyatiga Vazirlar Mahkamasi boshchiligida vazirliklar, idoralar, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kiradi. Ijro hokimiyati bir so`z bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini ta`minlash vazifasini bajaradi.

Sud hokimiyatiga Respublika Oliy sudi boshchiligida turli sohalardagi barcha sudlar kiradi. Sudlar ijro hokimiyati hamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilishiga yo`l qo`ymaslikni ta`minlaydi.

Viloyat hokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari,qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta`minlaydi.

Viloyat hokimligi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengash oldida hisob beradi. 

Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi viloyat hokimi, hokim o`rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tuman va shahar hokimlari, viloyat hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda viloyat hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta`minlanadi.

Viloyat hokimligi faoliyati viloyat hokimi tomonidan tashkil etiladi. 

Viloyat hokimi qonun hijjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar chiqaradi.

Viloyat hokimining me`yoriy tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo`lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi.
Viloyat hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo`yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi.

Viloyat hokimligi apparati o`z faoliyatidà O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O`zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo`yicha yo`riqnoma» hamda viloyat hokimligining reglamentiga amal qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo`yicha ish yuritish «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.

Orqaga Chop Etish  4757 |   04-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 47
  • Ko`rib chiqilmagan: 8
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-09-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation