Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Ma`lumotlar /  Viloyat hokimligining umumiy bo`limi telefoni reglamenti
Viloyat hokimligining umumiy bo`limi telefoni reglamenti

Viloyat hokimligi devonxona mudiri

Zokirov Qobil Qosimovich

Telefon: 224-24-73

Murojaatlar bilan ishlash:

Ro`ziyeva Olima Bakayevna

Telefon:223-68-47

Yagona telefon (devonxona) Reglamenti
1. Xizmat (pasport) turi
1.1. Xizmat nomi
Fuqaro murojaatlarini Buxoro viloyat hokimligining «Yagona telefon (devonxona)» xizmati orqali qabul qilish.
1.2. Xizmat natijasi
Fuqarolardan qabul qilingan murojaatlarni Buxoro viloyat hokimligi tomonidan ko‘rib chiqilishi.
1.3. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va blank olish joyi
Buxoro Viloyati hokimiyati.
200100, O'zbekiston, Buxoro shahar, I.Muminov ko'chasi, 1 uy
1.4. Normativ hujjat
O‘zbekiston Respublikasi "Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida" gi Qonuni.
1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar
Yuridik va jismoniy shaxs - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet el davlati fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
1.6. Murojaatlarni qabul qilish
Dushanba kunidan jumaga qadar 9:00dan – 18:00 gacha.
1.7. Ijro muddati
O‘zbekiston Respublikasi "Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
2. Xizmatdan foydalanish ma’lumotlari

2.1. Umumiy ma’lumot
Fuqarolar uchun «Yagona telefon (devonxona)» telefon raqamlari xaqidagi ma’lumotlar Buxoro viloyat hokimligining rasmiy www.buxoro.uz web portalida joylashtirilgan.
2.2. Murojaat haqida ma’lumot olish
Xizmat qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshiriladi.

2.3. Xizmat ko‘rsatish joyi haqida ma’lumot
200100, O'zbekiston, Buxoro shahar, I.Muminov ko'chasi, 1 uy
2.4. Foydalaniladigan blank (forma) hujjatlar
Fuqarolarning "Yagona telefon (devonxona)" orqali tushgan murojaatlarni shahar hokimligining ro‘yxatga olish daftarida ro‘yxatga kiritiladi.
3. Xizmat ko‘rsatish
3.1. Ish vaqti
Murojaatlarni qabul qilish dushanba kunidan juma kunigacha 9:00dan – 18:00 gacha olib boriladi.

3.2. Kutish shartlari
Telefon qo‘ng‘irog‘i orqali xizmat ko‘rsatish belgilangan tartibda olib boriladi.
4. Xizmat faoliyati olib borilishi
4.1. Zarur hujjatlar
"Yagona telefon (devonxona)" orqali murojaat qilishda fuqarolar familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.
Familiya (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar murojaatda ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lgan taqdirda ushbu murojaat anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
4.2. Xizmat uchun to‘lov
Xizmat bepul amalga oshiriladi.
4.3. Davlat xizmat ko‘rsatish bosqichi
Yagona telefon (devonxona) orqali xizmat ko‘rsatish fuqarolar murojaati qonuni talablari asosida amalga oshiriladi.
4.4. Davlat xizmati orqali kelayotgan murojjatlarni ko‘rib chiqish tartibi
«Yagona telefon (devonxona)» Buxoro viloyati hokimligining "Qabulxonasi"da tashkil etilgan. "Yagona telefon (devonxona)" orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish shahar hokimining yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi hamda murojaatlar umumlashtiriladi va ro‘yxatga olish jurnaliga ro‘yxatga olinadi, shundan so‘ng tegishli ma’lumotlarni murojaatni ko‘rib chiqish uchun shahar hokimiga kiritiladi. Murojaatning mohiyati va mazmuni hamda manzili xaqidagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi shart.
Buxoro viloyati hokimligiga kelib tushgan fuqaro murojaatlari shahar hokimligida masalaga taalluqli hodimlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko‘rsatilgan xolat bo‘yicha Buxoro viloyati hokimligining mas’ul hodimi tomonidan joyning o‘ziga chiqib o‘rganilishi mumkin.
Ayrim xollarda murojaatchining ishtirokisiz murojaatni ko‘rib chiqish imkoni bo‘lmagan taqdirda shahar hokimligining mas’ul hodimi tomonidan fuqaroni jalb etgan xolda o‘rganilishi mumkin.
Fuqaro murojaati bo‘yicha javob xatiga murojaatni ko‘rib chiqqan hokimlik yoki Buxoro viloyat hokimligining mas’ul hodimi tomonidan imzolanadi.
4.5. Rad etish sabablari
Noqonuniy xatti-xarakatlar yuzasidan yoki ushbu fuqaro murojaati yuzasidan qaror qabul qilingan hamda ko‘rib chiqilishi hokimlik vakolatiga kirmaydigan murojaatlar rad etilishi mumkin.
5. Ta’minlash sifatliligi
5.1. Sifat o‘lchovi
Xizmat taqdim etilganligini sifatli baxolashning past ko‘rsatgichi murojaatning takroriyligidan aniqlanadi.
5.2. Sifatsiz xizmat bo‘yicha shikoyat
Fuqarolar o‘zlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz rad etilishi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori organga shikoyat qilishga haqdirlar.

Orqaga Chop Etish  10293 |   09-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

23-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation