Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Vakant
Vakant

 

Viloyat hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi

telefon: 224-28-65, faks: 223-05-95, e-mail:..........@buxoro.uz

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati: har oyning birinchi payshanba va uchinchi dushanba kunlari soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

 

Quyidagilar viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam o’rganish va baholash;

xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama ko’maklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;

xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta’minlash;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga ko’maklashish;

oilada, mahalla va mehnat jamoatlarida xotin-qizlarning mavqeini oshirish borasidagi davlat siyosatini yuritish, ayollarning mehnat sharoitini yaxshilash, davlat va nodavlat tashkilotlarining shu masalalarga oid faoliyatini va harakatlarini muvofiqlashtiradi, korxona, tashkilot va muassasalarda ayollarning ijtimoiy muhofazasini yaxshilashda ishtirok etish,. shuningdek, xotin-qizlar o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish;

mahallalar, o’quv muassasalari, mehnat jamoalarida ayollarni yuksak vatanparvarlik, milliy va diniy bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashga oid targ’ibot ishlarini tashkil etadi, ayollar o’rtasida buzg’unchi g’oyalar tarqalishining oldini olish choralarini ko’rish;

xotin-qizlarni ma’naviy, ijtimoiy va kasbiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza etishga yo’naltirilgan tadbirlarni uyushtiradi. Xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotini ta’minlashga, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy va tibbiy bilimlarini oshirishga oid tadbirlarni tashkil qiladi. Mahalla fuqarolar yig’inining diniy-ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya bo’yicha maslahatchilari ishini takomillashtirishda ishtirok etadi. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, ular o’rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish;

shaharlar, tumanlar hokimlarining o’rinbosarlari-xotin-qizlar qo’mitalari raislari  faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

xotin-qizlarni viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga keng jalb etish;

viloyatdagi fuqarolar yig’inlarining diniy-ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilarining faoliyatini rivojlantirish, ularga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish masalalarini muvofiqlashtirish;

ayollarni ijtimoiy muhofaza etilishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida ularning mehnatga doir huquqlarini himoya qilinishini tahlil etib borish;

oilani mustahkamlash va jamiyatdagi ijtimoiy axamiyatini yuksaltirish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilinishi choralarini ko’rish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ayollarni sog’ligini mustahkamlash, sog’lom avlod tug’ilishi va uni tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;

oila va bolaga, yolg’iz va ko’p bolali onalarga, nogiron xotin-qizlarga yordam berish masalasi bilan shug’ullanuvchi davlat, jamoat va xayriya tashkilotlari ishini muvofiqlashtirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari (qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlari raislari) faoliyatida ayollar va xotin-qizlar manfaatlarini amalga oshirish masalalari bo’yicha hamkorligini ta’minlash;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

Davlat va jamoat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tibbiy-ijtimoiy patronaj komissiyasi;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish viloyat komissiyasi;

Sog’lom avlod, ayollar va oilaning tibbiy madaniyat darajasini oshirish masalalari bo’yicha doimiy ishlovchi viloyat komissiyasi;

Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat hududiy bo’limi ishtirokchilari Kengashi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat xotin-qizlar qo’mitasi;

“Bolalar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish” assotsiatsiyasi viloyat mintaqaviy filiali;

“Sog’lom avlod uchun” jamg’armasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi viloyat  bo’limi;

“Qizil yarim oy” jamiyati va “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat bo’limi.

Orqaga Chop Etish  1945 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation