Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Hidoyatov Zokirjon Axmatovich
Hidoyatov Zokirjon Axmatovich

Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari

Telefon: 223-37-68

Quyidagilar viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining viloyatda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

“Haj” va “Umra” tadbirlarini o’tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo’naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g’oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari  amalga oshirilishini ta’minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bag’ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo do’stlik printsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag’batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko’rish;

O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko’maklashish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha Hay’ati;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat (shahar) hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

O’zbekiston Musulmonlar idorasi viloyatdagi vakilligi va viloyatdagi boshqa  diniy tashkilotlar;

O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi;

O’zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat koordinatori;

Respublika “Oltin meros” xayriya jamg’armasi viloyat bo’limi;

O’zbekiston Nogironlar jamiyati viloyat bo’limi;

O’zbekiston CHernobilchilar assotsiatsiyasi viloyat bo’limi;

O’zbekiston Respublikasi “Ko’zi ojizlar” jamiyati viloyat bo’limi;

Jangchi faxriylar (baynalminalchilar) birlashmasi viloyat bo’limi;

Xalqaro Amir Temur jamg’armasi viloyat bo’limi;

“Mehr-shavqat” jamg’armasi;

Siyosiy partiyalar viloyat bo’limlari;

O’zbekiston Ekologik harakati viloyat bo’limi;

Milliy madaniy markazlar;

O’zbekiston Xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy ma’rifiy aloqalar jamiyati hududiy tuzilmasi.

Orqaga Chop Etish  2018 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation