Bosh sahifa /  Tassarufdagi tashkilotlar /  Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi
Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

Rahbar:
Narziyev Ramazon Islomovich

Telefon raqamlari:
223-63-26, 223-63-23, 223-64-23

Manzil:
200100, Buxoro shahri, Navoi shoh ko'chasi, 5-uy

Transport:
437, 11 avtobuslar

E-mail manzili:
stroy444@umail.uz

Geolakatsion ma`lumot:
39.76455448627054, 64.42503813654184

Batafsil ma'lumotlar: 

Quyidagilar Buyurtmachi xizmati (Kompaniya)ning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha ob’ektlarini mo‘ljallangan muddatlarda foydalanishga topshirish prognozining bajarilishini ta’minlash;
  • loyiha yechimlarining samaradorligini ta’minlash, arxitektura va shaharsozlik darajasi talablariga rioya qilish;
  • kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish, investitsiya sikli muddatlarini qisqartirish.

Yuklangan vazifalarga muvofiq Buyurtmachi xizmati (Kompaniya) quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) prognozlashtirish sohasida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralarning topshirig‘iga ko‘ra uch yillik davrda respublika Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish hamda keyinchalik belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish uchun unga yangi loyihalarni kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • tasdiqlangan investitsiya dasturlari va markazlashtirilgan manbalarning ajratilgan limitlari asosida keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishish uchun qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati loyihasini tayyorlaydi;
  • pudratchi bilan kelishgan holda qurilishning titul ro‘yxatini tasdiqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, vazirliklar va idoralarga kiritadi;
  • investitsiya loyihalari joylashtiriladigan tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish (yo‘llar, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz, suv ta’minoti, telefonlashtirish, radiolashtirish va boshqalar) masalalarini ko‘rib chiqish va hal etishda ishtirok etadi;
  • aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rejalashtirish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxati loyihasini tayyorlaydi.

b) loyihalashtirish sohasida:

  • loyihalarni va tanlov hujjatlarini, shuningdek aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish to‘g‘risida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlaydi, tanlov asosida «loyiha» bosqichida loyihalashtirish bo‘yicha ishlariga buyurtma joylashtirilishini tashkil etadi;
  • loyihalashtirishga topshiriq beradi;
  • tanlov savdosi g‘olibi bilan shartnoma tuzadi va hamda loyihani loyiha hujjatlarini berish ishlarining kalendar jadvalini kelishadi;
  • tegishli tashkilotlar bilan eksperimental, ilmiy-tekshirish, arxeologiya ishlari va boshqa ishlarni bajarishga shartnomalar tuzadi;
  • bajaruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • loyiha va tanlov hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini, kelishilishini, tasdiqlanishini, shuningdek ekspertizaning vakolatli organlari xulosalari hamda pudrat tashkilotlarining mulohazalari bo‘yicha tegishli hujjatlarga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilishini tashkil etadi;

v) qurilish maydonini tayyorlash bo‘yicha:

  • qurilish uchun maydon tanlash va ajratish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
  • qurilish uchun yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi va belgilangan muddatlarda belgilangan tartibda pudratchilarga beradi, tegishli organlar va foydalanish xizmatlarining ruxsatnomalari;
  • elektr uzatishlarning havodagi liniyalari va aloqa liniyalari hududida, temir yo‘llar polasasida, qurilish maydonida joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlari (kabel, gaz quvurlari. kanalizatsiya tarmoqlari va boshqalar) o‘tadigan joylarda ishlarni bajarish;
  • qurilish davrida shaharlarda va boshqa aholi punktlarida o‘z gaz, suv, bug‘ va elektr ta’minoti bo‘lmagan taqdirda qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq mavjud manbalardan olinadigan elektr energiyasi, gaz, suv va bug‘dan foydalanish;
  • o‘rmonni kesish va daraxtlar o‘tqazish, zarur hollarda esa daraxtlarni kesishga pudrat qurilish tashkilotlariga ruxsat berish;
  • ob’ekt qurilishi hududidagi buzilishi, boshqa joyga ko‘chirilishi yoki rekonstruksiya qilinishi kerak bo‘lgan uylarda yashovchi fuqarolarni ko‘chiradi;
  • fuqarolarga zarurat bo‘lganda amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ob’ektning umumiy qiymati doirasida olib qo‘yiladigan meva, rezavor meva daraxtlari va ekinlar qiymatini, shuningdek fuqarolarga xususiy mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan buzilishi kerak bo‘lgan turar joylar va imoratlar qiymatini qoplaydi;
  • davlat tashkilotlariga, xususiy tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan buziladigan binolar va inshootlarning qoldiq balans qiymati hisob-kitobini, shuningdek uning ob’ekt qurilishi loyihasiga kiritilishi asosliligini tekshiradi;
  • buziladigan imoratlar, inshootlardan chiqadigan qaytariladigan materiallar, shuningdek qo‘shimcha ravishda qazishda olinadigan materiallar sotilishini ta’minlaydi;
  • qurilish uchun geodezik ajratish asosi barpo etadi;
  • ob’ektlarni Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazadi, shuningdek pudrat tashkilotlarida faoliyat turiga va ishlarni bajarishga litsenziyalar, mualliflik va texnik nazorat borligini tekshiradi hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma oladi.

g) qurilish, moliyalashtirish, hisob va hisobot sohasida:

  • ob’ektni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda qurish ishlari (xizmatlari) ijrochilarini tanlash bo‘yicha tanlov savdolarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
  • loyihalashtirishga va pudrat ishlariga loyiha va pudrat tashkilotlari, tanlov savdolarining g‘oliblari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
  • loyiha boshqarilishini va ob’ektlar qurilishi texnik kuzatilishini ta’minlaydi;
  • tanlov asosida belgilangan yoki belgilangan tartibda aniqlangan kelishilgan shartnomaviy narx asosida qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini tuzish va aniqlashtirish uchun takliflar kiritadi;
  • ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlar shartnomaga muvofiq muddatidan oldin ishga tushirilganda pudratchiga beriladigan mukofot summasini belgilaydi;
  • moliyalashtirishning kelishilgan jadvalini hisobga olgan, buning uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni moliyalashtiruvchi bankka taqdim etgan holda loyihalash ishlari va ob’ektlar qurilishi o‘z vaqtida ochilishi va joriy moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
  • buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini yuritadi, tasdiqlangan shakllarga muvofiq faoliyat turlari bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdim etadi hamda ularni ishonchliligi uchun javob beradi;
  • qurilishda band bo‘lgan pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovga taqdim etilgan ma’lumotnoma-schyot-fakturalarini tekshiradi;
  • bajarilgan ishlarga belgilangan tartibda haq to‘laydi (bajarilgan ishlar hajmi va qiymati to‘g‘risida imzolangan ma’lumotnoma-schyot-fakturalar asosida), shuningdek qurilishi tugallangan ob’ekt bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitob qiladi;
  • shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi va zarur darajada bajarilmaganligi uchun pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga neustoyka (jarima, penya) to‘lash to‘g‘risidagi da’volarni o‘z vaqtida taqdim etadi;
  • ob’ektni foydalanishga tayyor holda qurishda ishlarni bajarish va ob’ekt qurilishini moliyalashtirish jadvallariga muvofiq pudratchiga avans beradi va uni joriy moliyalashtiradi;
  • ob’ekt qurilishini kuzatib boradi va texnik nazorat qiladi;

d) qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olish sohasida:

  • qurilish normalari va qoidalariga, boshqa amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib oladi, shu jumladan:
  • qurilishi tugallangan ob’ektlar bo‘yicha davlat qabul qilish komissiyasiga zarur hujjatlarni taqdim etadi (pudrat tashkilotlar bilan birgalikda);
  • foydalanishga qabul qilingan ob’ektlarni, ijro hujjatlarini, ishchi va davlat komissiyasining qabul qilish dalolatnomalarini barcha ilovalar bilan birgalikda foydalanuvchi organlar balansiga beradi;
  • normativ hujjatlar talablari buzilgan va loyiha hujjatlari yechimidan chetga chiqqan holda qurilgan ob’ektlar foydalanishga qabul qilib olinganligi uchun javob beradi.
Me'yoriy-huquqiy hujjatlar: 

yagona-buyurtmachi.pdf | Format: pdf | Hajmi: 1.7MB

Orqaga Chop Etish  1913 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

16-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation