Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Osoyishtalik posbonlari spartakiadasi
Osoyishtalik posbonlari spartakiadasi

Avval xabar qilganimizdek, Buxoro shahrida bo’lib o’tgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xizmatchilari o’rtasida Respublika spartakiadasining mintaqaviy bosqichi soha vakillarining o’ziga xos jismoniy tayyorgarligi ko’rigi bo’ldi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko’ra  yengil atletika bo’yicha Qashqadaryo hamda Buxoro viloyati vakillari raqiblaridan mahorat bobida ustun ekanliklarini namoyish qilishgan bo’lishsa, “Semurg” sport majmuasida o’tkazilgan suzish musobaqalarida navoiyliklar peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. Shuningdek, mazkur viloyat jamoasi futzal bahsida ham birinchi bo’lishdi.

Milliyligimizni o’zida aks ettirgan, sportchini halol, har jabhada intizomli, qat’iyatli va dadil bo’lishga da’vat qiladigan o’zbek kurashi bo’yicha o’tkazilgan bellashuvlar ham keskinligi bilan ajralib turdi. To’rtta vazn toifasining uchtasida oltin medalni o’ziniki qilgan mezbon jamoa vakillari umumjamoa hisobida birinchi o’rinni qo’lga kiritishdi. Shuningdek ular finalda Surxondaryo viloyati sportchilarini mag’lub etgan holda voleybol bo’yicha ham mahoratlari anchayin yuqori ekanligini namoyish qilishdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko’ra, umumjamoa hisobida g’oliblikni qo’lga kiritgan buxoroliklarga spartakiadaning bosh sovrini tantanali ravishda topshirildi.

Ikkinchi va uchinchi o’rinlar esa tegishli ravishda Navoiy va Surxondaryo viloyati jamoalariga nasib etdi.

Sovrindor jamoalar va har bir tur bo’yicha g’olib bo’lgan sportchilarga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

Musobaqalar so’ngida ishtirokchilar uchun Buxoroning diqqatga sazovor joylari bo’ylab sayohat tashkil qilindi.

 

 Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  819 |   26-10-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-09-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation