Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Dolzarb masalalar muhokamasi
Dolzarb masalalar muhokamasi

Joriy yilning 17 aprel kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni viloyat hokimi O’. Barnoev olib bordi.

Yig’ilishda viloyat hokimi o’rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o’rinbosarlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Yig’ilish avvalida ishtirokchilar viloyat kadrlar tarkibidagi o’zgarishlar bilan tanishtirildi. Genjaev Yo’ldosh Hakimovich – viloyat hokimligi madaniyat boshqarmasi boshlig’i, Niyozmatov Nazirjon G’anijon o’g’li — viloyat mudofaa boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlangan.

Hokimlik soati yig’ilishida dastlab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining   2017 yil 11 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali   va   natijali   ijro etilishi,   shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi  uchun O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti   Davlat maslahatchilarining,  Vazirlar Mahkamasi va uning   komplekslari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to’g’risida”gi qarorining viloyatda so’zsiz ijrosini ta’minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, joriy yil I choragida 124 ta hujjat kirim qilingan bo’lib, ular ijrosini tashkil etish yuzasidan viloyat hokimligining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilingan.

Ammo ba’zi hududlar, korxona va tashkilotlarda mazkur hujjatlar ijrosini tashkil etish, ularning monitoringini yuritish borasidagi ishlar talabga javob bermaydi.

Xususan, Vobkent tumanida mart oyida kelib tushgan 32 ta hujjat yuzasidan tuman hokimining tegishli hujjatlari aksariyati muddati buzilgan holda qabul qilingan, nazorat rejalar ishlab chiqilmagan, monitoring yuritish tizimi umuman o’rnatilmagan, yig’ilishlarda qarorlar ijrosi muhokama qilinmagan.

Tuman hokimining ko’pgina qarorlari mazmunan sayoz tuzilgan, viloyat hokimining qarorlaridan tegishli bandlari ko’chirib yozilgan, xolos.

2017 yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan viloyat hokimligiga 1755 ta ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat qilingan.

Bu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1156 taga ortgan. Hokim hamda hokim o’rinbosarlari tomonidan 476 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilinib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 310 taga ko’paygan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga joriy yil               I choragida jami 5337 ta murojaatlar ro’yxatga olingan bo’lib, 3149 ta murojaatga javob berilgan, murojaatlarning 91 tasi qanoatlantirilgan, 2974 tasiga  esa tushuntirish berilgan.

2017 yilning o’tgan davrida mehnat faoliyati davomida berilgan topshiriqlarga nisbattan mas’uliyatsizligi, rahbarlik qilayotgan tizimida ijro intizomini susaytirganligi hamda yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun turli lavozimlarda ishlab kelayotgan jami 57 nafar rahbarlar vazifasidan ozod etildi.

Yig’ilishda viloyatda ijro intizomi sifatini kuchaytirish yuzasidan aniq tizim belgilab olindi.

Hokimlik soatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning joriy yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va  2017 yil 16 martdagi kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan majlis bayoni ijrosining holati, 2017 yil birinchi chorakda mahalliy byudjet daromadlari rejasining ijrosi hamda ikkinchi chorak prognoz ko’rsatkichlarini bajarish va hududlarda subventsiya ulushini kamaytirish yuzasida amalga oshiriladigan vazifalar to’g’risidagi masalalar ham tanqidiy ko’rib chiqildi.

Yig’ilishda qishloq xo’jaligi ishlarini tashkil etish,  aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tez kunlarda yakunlash hamda aholi xonadonlariga tijorat banklari tomonidan kredit mablag’lari ajratilishining ahvoli  muhokama qilindi.  

Joriy yilning 15 aprel holatida  265 ming 196 ta aholi xonadonining jami 42,1 ming gektar yoki 92,9 foiz tomorqa maydonlariga oziq-ovqat ekinlari ekilgan. 4175 ta aholi xonadonlarida 68,5 gektar  issiqxona tashkil etildi. Viloyat bo’yicha 68480 tup limon, 22447 tup yong’oq, 21988 tup unabi hamda 22179 tup mevali, tok va manzarali ko’chatlar o’tqazildi. 

Parrandachilik bilan shug’ullanish istagi mavjud 7509 ta xonadon egalariga 750,9 ming bosh jo’ja etkazib berilib, reja ko’rsatkichi 20,5 foizga bajarildi

Biroq ushbu yo’nalishda hali qator kamchiliklar, echimini kutayotgan muammolar mavjud.

Xususan, viloyatda namunaviy hudud sifatida belgilangan Shofirkon tumanidagi mahalla fuqarolar yig’inlariga biriktirilgan 19 ta tijorat banklari tomonidan etarli ishlar olib borilmayapti.

Jumladan, tumandagi xonadonlarga viloyat tijorat banklari tomonidan 8460 tup limon ko’chati o’rniga 200 tup ko’chat etkazilgan xolos. Parrandachilik faoliyatini boshlash istagida bo’lgan oilalarga jo’ja tarqatish, shuningdek, yong’oq va unabi ko’chatlarini keltirib berish bo’yicha ham hech qanday ish qilinmayapti.

Tuman bo’yicha kredit olib, issiqxona tashkil qilish, limon, unabi va yong’oq etishtirish istagida bo’lgan 213 ta xonadon egalariga kredit rasmiylashtirilmagan.

Mazkur yo’nalishdagi kamchiliklar Qorako’l, Jondor, Peshko’ tumanlarida ham ko’zga tashlanmoqda.

Yig’ilish davomida hududiy eksport prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishi,  militsiya tayanch punktlarini ta’mirlash, profilaktika inspektorlariga ular ishlaydigan hududda xizmat uylarini qurish va shaharlarda ikkilamchi uy-joylar fondi hisobidan xizmat uylari bilan ta’minlash, 9 May – Xotira va qadrlash kuni tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, 2020 yil Tokio shahrida o’tkaziladigan olimpiadaga tayyorgarlik ko’rish, sog’likni saqlash va boshqa masalalar tahliliga keng e’tibor qaratgan viloyat hokimi shahar va tumanlar hokimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga o’z ishiga nisbatan yanada mas’uliyat bilan yondashishni, tashabbuskorlik ko’rsatishni uqtirdi.

Hokimlik soatida yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan boshqa dolzarb  masalalar ham ko’rib chiqildi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  472 |   18-04-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

28-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation