Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni
Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni

Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoev yaqinda bo’lib o’tgan ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida haftaning har payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb e’lon qilish to’g’risida taklif etgan edi.

Mazkur kun doirasida Shofirkon iqtisodiyot kollejida huquq-tartibot idoralari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, o’quvchilarning ota-onalari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda davomat va yoshlar tarbiyasi muammolari haqida so’z yuritildi.

O’tgan yili tumandagi o’quvchilar tomonidan 4 ta jinoyat sodir etilgan. 172 nafar voyaga yetmagan yoshlar turli huquqbuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ana shu ko’ngilsiz holatlarning aksariyati davomati past o’quvchilar hissasiga to’g’ri keladi. Bu kabi tashvishli holatlarga barham berish uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari, shuningdek, jamoatchilikning o’zaro hamkorligini mustahkamlash zarur, deya ta’kidlandi tadbirda.

Shuningdek, davomati o’ta past yoki darsga bormaydigan, tarbiyasi og’ir o’quvchilarning ota-onalari bilan alohida suhbat o’tkazilib, ularga bunday loqaydlikning oqibatlari, mavjud qonunchilikdagi tartib-tamoyillar xususida tushuncha berildi.

"Profilaktika kuni" doirasidagi bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida o’tkazildi.

 

Orqaga Chop Etish  310 |   25-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation