Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi

Joriy yil 18 iyul kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Viloyatimizdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, deputatlar, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari, tashkilotlar, korxonalar, huquqni muhofaza qilish organlari, shahar va tumanlar Bandlikka ko’maklashish markazlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan yig’ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat hokimi M. Esanov boshqardi.

Sessiyada dastlab "2016 yil "Sog’lom ona va bola yili" Davlat va hududiy dasturlari ijrosini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to’g’risida"gi masala yuzasidan 46-Bobur saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisining o’rinbosari B. Ergashevning axboroti tinglandi.

Ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturi to’g’risida"gi qarorining viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2016 yil 13 fevraldagi qarori asosida 11 bo’lim 80 banddan iborat viloyat hududiy dasturi ishlab chiqilgan.

Dastur doirasida joriy yilning 1 iyuliga qadar barcha manbalar hisobidan 142,5 milliard so’m hamda 3,4 million AQSh dollari miqdorida mablag’ sarflangan.

Jumladan, olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa, ayollar uchun ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar ko’rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasida qator ishlar amalga oshirildi.

Investitsiya dasturi asosida yangi quriladigan 2 ta, rekonstruktsiya qilinadigan 21 ta va 8 ta joriy ta’mirlanadigan maktablarda 2016 yil 1 martdan boshlab qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Joriy yilning 15 iyun holatida 31 ta ob’ektda 29772,15 million so’mlik bunyodkorlik yumushlari bajarilgan.

Sessiya ishida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2016 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining tahlili to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi ishchi guruhi rahbari T. Bahronov axborot berdi.

Yig’ilishda "Viloyatda o’tkazilgan fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari to’g’risida" 17-Chorbakr saylov okrugidan deputat, Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari doimiy komissiyasi raisi, Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi komissiyasi raisi Z. Tairovning axboroti eshitildi.

Ta’kidlandiki, viloyatda saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda munosib nomzodlarni aniqlashga alohida mas’uliyat bilan yondashildi. Ishchi guruhlari tomonidan fuqarolar yig’inlari raislari lavozimiga tavsiya etilgan 2136 nafar nomzod xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida birma-bir tanishtirilib, ular to’g’risida ishchi guruhi hamda deputatlar fikrlari inobatga olindi.

Buxoro viloyatida mavjud 3 ta shaharcha, 120 ta qishloq, 435 ta mahalla, jami 558 ta fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida fuqarolar yig’ini raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi tasdiqlangan jadval asosida joriy yilning 18 iyun kuniga qadar o’tkazildi.

Ushbu saylovlarda 558 nafar rais (shundan, 87 nafari (15,6 foiz) ayol) va ularning 6191 nafar maslahatchilari saylandi. Ushbu saylovlarning 515 tasi ochiq, 43 tasi (7,71 foiz) yopiq ovoz berish yo’li bilan o’tkazildi. Saylovlarda 30517 nafar vakillar ishtirok etdi.

O’tkazilgan saylovlar natijalariga ko’ra 320 nafar (57,35 foiz) fuqarolar yig’ini raislari (oqsoqollari) birinchi marotaba saylandi. Raislarning 27 nafari (4,8 foiz) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hisoblanadi.

Saylangan raislarning 434 nafari (77,8 foiz) oliy, 124 nafari (22,2 foiz) o’rta maxsus ma’lumotga ega. Shundan, 88 nafari (15,8 foiz) iqtisodchi, 20 nafari (3,6 foiz) huquqshunos, 127 nafari (22,8 foiz) o’qituvchi, 115 nafari (20,6 foiz) muhandis, 7 nafari (1,3 foiz) shifokor, 58 nafari (10,4 foiz) agronom, 143 nafari (25,6 foiz) boshqa mutaxassislardir.

Shundan so’ng deputatlar xalq deputatlari viloyat Kengashining 2015 yil 13 avgustdagi "Viloyatdagi davriy bosma ommaviy axborot vositalari tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to’g’risida"gi qarorining ijrosi to’g’risidagi masala muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan 6-Bahor saylov okrugidan deputat, Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi, ushbu masalani o’rganish bo’yicha ishchi guruhi rahbari Farmon Aminov so’zga chiqdi.

Qayd etilishicha, mazkur sessiya qarorida ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida viloyatda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Sessiyada o’rtaga tashlangan takliflardan ijobiy xulosa chiqarilgan holda tahririyatlarga o’tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida 7 nafar yangi yosh kadr ishga olindi. Shularning 3 nafari "Buxoronoma" gazetasi hissasiga to’g’ri keladi. "Kogon hayoti", "Peshko’ ovozi", "Shofirkon ovozi", "Qorovulbozor tongi" gazetalari ham bir nafardan yosh xodimni ishga qabul qilishgan.

Viloyat hokimligi tomonidan tahririyatlarga yosh mutaxassislarni jalb etish maqsadida shaxsan viloyat hokimining Toshkent shahridagi oliy o’quv yurtlarining jurnalistika fakultetlari bakalavriati va magistraturasida tahsil olayotgan 35 nafar talaba bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda talabalarga viloyat matbuotini rivojlantirish, yangi nafas, yangi ruh olib kirishlari, bu borada hokimlik yosh jurnalistlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

Mazkur harakatning samarasi o’laroq, 4 bitiruvchining uch nafari ishlash uchun Buxoroga keldi.

Ma’ruzada viloyatdagi davriy nashrlar faoliyatini tahliliy o’rganish asnosida, ular faoliyatining samaradorligini yanada oshirish borasida qator takliflar bildirildi.

Shuningdek, sessiyada "2016 yil 6 oyida viloyat mahalliy byudjetining ijrosi to’g’risida viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig’ining hisoboti to’g’risida", "Viloyat hokimining qarorlarini tasdiqlash to’g’risida" hamda "Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida"gi masalalar ham ko’rib chiqildi.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

Orqaga Chop Etish  411 |   21-07-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation