Buxoro viloyati hokimining 2016 yil 12 maydagi “Buxoro viloyatida qonun ijodkorligi, qonunlar ijrosini tashkil etish, huquqshunos kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuridik xizmat xodimlari kasbiy bilim ko’nikmalarini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 177-sonli qarori hamda joriy yilning 15 sentyabrdagi “Viloyatda huquqshunos kadrlar va huquqshunos bo’lmagan boshqa soha vakillari o’rtasida “Eng faol huquq targ’ibotchisi” ko’rik tanlovini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq aholining huquqiy ongi hamda madaniyatini oshirish, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga etkazish sohasida huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil etish ko’lami hamda samarasini oshirish va eng faol huquqiy targ’ibotchilarni rag’batlantirish maqsadida ko’rik-tanlov o’tkaziladi.
Tanlov huquqshunos kadrlar o’rtasida va huquqshunos bo’lmagan boshqa soha vakillari o’rtasida alohida-alohida o’tkaziladi. Unda ishtirok etishni istaganlar joriy yilning 1 oktyabridan 1 noyabr kuniga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
ish joyidan nomzod taqdim qilinganligi to’g’risidagi xat;
ish joyidan berilgan muhr bilan tasdiqlangan tavsifnoma;
2016 yil 1 yanvardan 1 oktyabrga qadar huquqiy targ’ibot sohasida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida hisobot hamda tasdiqlovchi hujjatlar va fotoalbom.
Tanlov g’oliblari viloyat hokimining I, II va III darajali diplomlari hamda qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanadilar.
Qo’shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: Buxoro viloyati hokimligining 223-76-08 telefon raqami va Buxoro viloyati adliya boshqarmasining 223-09-90 telefon raqami
Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba
- Jami murojaatlar: 80
- Ko`rib chiqilmagan: 41
- Ko`rib chiqilmoqda: 7
- Ko`rib chiqilgan: 32
23-02-2019
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev | Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Viloyat prokurori B.B.Valiev | Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev | Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta