Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Yurt ishiga yelkadoshmiz
Yurt ishiga yelkadoshmiz

Umr — yugurik. Orqa-oldiga qaramay odimlayotgan vaqtning shunday soniyalari bo’ladiki, inson bu lahzalarda ortga nazar tashlab, o’tgan bir yil sarhisobini qiladi. Kecha va bugun o’rtasida bir zum to’xtab qoladi, go’yo. Yil ­yakunida bosib o’tgan yo’liga bir qur nazar tashlaydi, kishi. Men ham 2015 yilda nimalarga ulgurdimu qanday muvaffaqiyatlarga erishdim, barchasini sarhisob qildim. Mamnuniyat hissi meni shukronalik shuuriga chulg’adi. Negaki, bu yilda ijtimoiy-siyosiy hayot maydonida ham o’zligimni namoyon etish imkoniyatiga ega bo’ldim.

Aytishim joizki, shu paytga qadar sport olamida neki maqsadim bo’lsa, barchasiga erishganman. Kurash bo’yicha 4 karra O’rta Osiyo chempioni, bir necha marta O’zbekiston chempioni bo’lib, davlatimizning oliy mukofotlarini olishga ham muyassar bo’lganman. Ayni chog’da Akobir Qurbonov, Xayrulla Nasullaev, Bahodir Nurullaev, Ilg’or Asadov, Shamshod Rahmonov singari ko’plab shogirdlarim xalqaro sport ustalari, jahon va Osiyo, O’zbekiston chempionlari bo’lishdi. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan murabbiy, sport ustasi, 20-asrning buyuk sambochisi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi bo’lishdek yutuqlarim zamirida ota-bobolarimdan meros—yurtga bo’lgan mehr va muhabbat tuyg’usi yotadi. Anglaganim shuki, hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qilolmaydi. Sportchilarimizning yil sayin muvaffaqiyatlari salmog’i oshib borayotgani esa dilda o’zgacha bir iftixor hissini uyg’otadi.

Inson kurashlarda toblanadi. Bunday toblanish kishining shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, jamiyatning faol kishisi bo’lish uchun siyosiy jarayonlardagi faoliyatining roli muhim. Ko’pdan beri dilimga tukkan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati bo’lishdek sharafli nomga erishdim. Siyosiy jarayonlarda o’zligimni namoyon etishdek ulkan va mas’uliyatli vazifa zalvori yelkamdaligini har daqiqada his etaman. Zero, xalq bilan birga bo’lish, yurt koriga yelkadoshlik — eng olijanob ish. Ijtimoiy-siyosiy hayotimizda partiyalarning ta’sir kuchi sezilarli darajada oshayotgani, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko’tarib chiqishda deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlari kengayib borayotgani, saylovchilar, fuqarolarning xohish-irodasi, orzu-istaklarini ro’yobga chiqarish, ularni o’ylantirayotgan masalalarni hal qilishda deputatlik maqomining nechog’lik ta’sir kuchiga egaligi faoliyatim mobaynida yanada ayon bo’lmoqda.

Yangi yildan umidlarim ko’p. 2016 — Sog’lom ona va bola yilida zimmamizdagi mas’uliyat yanada ortadi. Yurt tinchligi, hayotimiz farovonligi, onalar sog’lomligi-yu bolalarimiz salomatligi har bir kishining eng ezgu niyatidir. Yangi yil barchaning xonadoniga qut-baraka olib kelishini tilayman!

 

Sobir Qurbonov,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.

Orqaga Chop Etish  1028 |   04-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

18-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation