Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Meva va sabzavotlar hududiy yarmarkasi
Meva va sabzavotlar hududiy yarmarkasi

Joriy yil noyabr oyida Toshkentda o’tkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari 1-Xalqaro yarmarkasi doirasida Buxoro shahridagi "Semurg’" sport majmuasida uning viloyat hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida so’zga chiqqan viloyat hokimining o’rinbosari M.Umarov mamlakatimizda qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy ishlar samarasi tufayli soha, jumladan uning muhim tarmog’i bo’lgan dehqonchilik madaniyati oshib, ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda meva-sabzavotchilik, bog’dorchilikka katta e’tibor qaratilayotir. Bu oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy omiliga aylandi. Sohada ichki bozor ehtiyojini ta’minlash barobarida dehqonchilik noz-ne’matlarini eksport qilish tizimi yaratilib, uni amalga oshirish mexanizmi takomillashtirilmoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlarini etishtiruvchilar, qayta ishlovchi va tayyorlovchi korxonalar o’rtasida barqaror uzoq muddatli kooperatsion aloqalar tizimini ta’minlash, kelgusi yil va o’rta muddatli istiqbol uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish maqsadida 24-29 oktyabr kunlari o’tkazilayotgan hududiy yarmarka bu boradagi muhim ishlardan biridir.

Yarmarkada tuman va shaharlardagi ko’plab fermer xo’jaliklari, mahsulotni qayta ishlashga hamda eksport qilishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar o’z stendlari, axborot materiallari va meva-sabzavot mahsulotlari namunalari bilan ishtirok etishmoqda.

Joriy yilda viloyatning barcha turdagi xo’jalik sub’ektlarida etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari salmog’i 1,2 million tonnadan oshishi kutilmoqda. Bu ichki bozor qayta ishlovchilar ehtiyojlarini ta’minlabgina qolmay, uni yanada ko’proq eksport qilish uchun ham katta imkoniyatdir. Yarmarka ana shu imkoniyatlarni yaqindan o’rganish va undan samarali foydalanish borasida hamkorlik aloqalari o’rnatishda muhim ahamiyatga egadir.

—Hududiy yarmarka etishtiruvchilar bilan hamkorlik aloqalarimizni yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi,—deydi "Buxoro go’sht-sut savdo" aktsiyadorlik jamiyati hududiy ulgurji bazasi rahbari Ibodulla Xolov.—Meva va sabzavotlar, boshqa mahsulotlarni zaxiralash faoliyatimizning asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Biz yarmarkada fermer xo’jaliklari bilan 1 ming 200 tonna mahsulot xaridi bo’yicha shartnoma imzolashni mo’ljallab turibmiz.

Yarmarkada xorijlik mehmonlarni ham uchratdik.

— Toshkent va mamlakatingizning tarixiy shaharlari bilan yaqindan tanishish uchun Rossiyaning Sochi shahridan yigirmaga yaqin sayyohatchilar bilan kelganmiz,—deydi o’zini guruh rahbari Andrey Tkachenko deb tanishtirgan mehmon.—Buxoroning qadimiy obidalari bizga juda yoqdi. Mehmonxonada tasodifan bugungi yarmarka haqida eshitib qoldik. Bu erga kelib, ishonch hosil qildikki, o’lkangiz noz-ne’matlari dovrug’i bejiz emas ekan. Mevalardan tatib ko’rdik. Ta’mi judayam shirin ekan. Ayniqsa, uzumlarni aytmaysizmi? Bilasizmi, Sochi shahri bozorlari to’kin. Lekin bunaqa shirin-shakar mevalarni uchratmaysiz. Biz yurtimizga qaytganimizda, O’zbekistonda etishtirilgan mevalar haqida, xalqingizning mehmondo’stligi to’g’risida so’zlab beramiz. O’ylaymanki, Sochida mahsulotlaringizga qiziqish katta bo’ladi, Buxoro dehqonlari bilan hamkorlik qiladigan tadbirkorlar bu yerga kelishadi.

Yarmarkada uning ishtirokchilariga o’z loyihalarini amalga oshirishda xizmat ko’rsatadigan tijorat banklari ham ishtirok etmoqda.

Yarmarkada mahsulot etishtiruvchi, qayta ishlovchi, zaxira qiluvchi va eksportchi korxonalar o’rtasida ko’plab shartnomalar tuziladi.

 

Orqaga Chop Etish  1475 |   29-10-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 90
  • Ko`rib chiqilmagan: 51
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

14-10-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation