Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Dori-darmonlar: ta’minot va narx-navo
Dori-darmonlar: ta’minot va narx-navo

Viloyat musiqali drama teatrida dorivor o’simliklarni yetishtirish va ularni mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan qayta ishlash, import o’rnini bosuvchi dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirish hamda sohaga oid boshqa dolzarb masalalarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari, tuman va shaharlar hokimlari hamda ularning o’rinbosarlari, viloyat tashkilot va korxonalari mutasaddilari, ko’plab dorixonalar rahbarlari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig’ilishni viloyat hokimi M. Esanov boshqardi.

Notiq joriy yil 8 iyulda Vazirlar Mahkamasida "Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy dori-darmon mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda dorixonalardagi narxlarning barqarorligini ta’minlash masalalari" mavzusiga bag’ishlangan sim orqali yig’ilishda ilgari surilgan vazifalarning vohamizdagi ijrosi doirasida ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida to’xtaldi. Sohadagi muammolar va amalga oshiriladigan ishlarni o’rganib chiqish maqsadida yo’nalishlar bo’yicha 5 ta guruh tashkil etilgani ta’kidlandi.

U yoki bu dardga chalingan bemorning tezda sog’ayishi ko’p omillarga, jumladan, aniq va to’g’ri tashxis qo’yish asnosida davolashning zamonaviy usul va texnologiyalarini qo’llay oladigan vrachning malakasiga va albatta, yuqori samarali dori-darmonlarga ham bog’liq. Ta’kidlash kerak, bugungi kunda tibbiyot preparatlari bozori boy, taklif etilayotgan tovarlar ro’yxati ham keng. Bu yaxshi. Ammo bir lekini bor...

Odatda, bozor serob bo’lsa, raqobat kuchayadi, xizmat sifati yaxshilanadi, narx-navo barqarorlashadi. Lekin paradoks vaziyat. Dorixonalar oy sayin ko’payib borayotgan bo’lsa-da, soha aksariyat do’konlarida bozor iqtisodiyoti qoidalariga mos tartib-taomil to’la-to’kis qaror topganicha yo’q. Yig’ilishda dastlab ayni ana shu masala muhokama qilingani ham bejiz emas.

Tadbirda ma’ruzasi tinglangan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i X. Xolboev dorixonalarda dori-darmon vositalari narx-navosini tartibga solish hamda ichki bozorni mahalliy preparat-vositalar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash borasidagi kamchiliklar haqida to’xtaldi.

Bugungi kunda viloyatda 332 ta yuridik shaxsga tegishli 409 ta dorixona mavjud.

Mamlakatimizda farmatsevtika sohasida ham import o’rnini bosuvchi va eksportbop dori-darmonlar ishlab chiqarish tajribasi boyib borayotir. Bu boradagi ishlarni zamon talablari darajasiga ko’tarish lozim. Yig’ilishda shu haqda so’z yuritgan viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi boshlig’i S. Fozilov, "Buxoro dori-darmon" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi S.Barnoev, Buxoro davlat tibbiyot instituti o’qituvchisi I.Abdulxakovlar viloyatda 2016-2017 yillarda dori-darmon vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish, dorivor o’simliklarni qayta ishlash hamda mazkur yo’nalishdagi korxonalar faoliyatini kengaytirish borasidagi joriy hamda istiqbol rejalari haqida to’xtaldilar.

Bugungi kunda viloyatda farmatsevtika korxonalari faoliyatini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilayotir. Masalan, ularning loyihalariga kredit ajratilmoqda. Lekin bunday ishlarni tizimli davom ettirish, ishlamay turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va yangilarini tashkil etish lozim.

Viloyatda davlat o’rmon xo’jaliklari dorivor o’simliklarni etishtirish va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazib berishda katta imkoniyatlarga ega. Afsuski, ular masalaga jiddiy e’tibor qara-tishayotgani yo’q. Masalan, "Buxoro Dori darmon" mas’uliyati cheklangan jamiyati Buxoro Markaziy o’rmon xo’jaligi, "Neftchi", Qorovulbozor, Olot, Qorako’l, Jondor o’rmon xo’jaliklari bilan 34 million 80 ming so’mlik shartnoma tuzib, ularga shu paytga qadar 20 million so’mlikdan ziyod mablag’ni to’lab bergan. Lekin o’rmon xo’jaliklari bitimda ko’rsatilgan dorivor o’simliklarning atigi 13 foizinigina etkazib berishgan, xolos. Qolaversa, xomashyoning sifati ham talab darajasida emas.

Yig’ilishda jiddiy muhokama asnosida vazifalar belgilanib, ularning ijrosi tegishli organlar va ishchi guruhlari tomonidan qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Orqaga Chop Etish  1424 |   27-07-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation