Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Jasorat unutilmaydi
Jasorat unutilmaydi

Vatan, uning misolida ota-onasi, yaqinlari, tug’ilib o’sgan mahallasini ko’z qorachig’iday asrash, yurt sarhadlarini o’z g’ururi, ori va sha’ni singari himoya qilish har bir yigit uchun muqaddas burch hisoblanadi.

Shu bois yurtimizda voyaga yetayotgan har bir o’g’lon armiya saflarida xizmat qilishni sharaf deb biladi.

Buxoro shahridagi  “Jo’ybor” mahallasida tug’ilib o’sgan Akbarjon Fayziev O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari mayori sifatida mamlakatimiz xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashdek sharafli xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishdi. Zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifani vijdonan bajarib, o’z bilimi, kasb mahorati va jasurligi bilan ko’plarga namuna bo’ldi.

Xalqimiz tinchligi, osoyishtaligi, Vatan sarhadlari daxlsizligini o’z hayotidan-da ustun ko’rgan Akbarjon harbiy qasamyodi va xizmat burchiga so’nggi nafasigacha sodiq qoldi. U xalqimizning tinch, farovon hayotini, davlatimiz chegaralari daxlsizligini ta’minlash, xizmat vazifasini o’tash chog’ida qahramonlarcha halok bo’ldi.

Albatta Xalq, Vatan o’z qahramonlarini aslo unutmaydi. 

Shu nuqtai nazardan Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Qurolli Kuchlarining 25 yilligi munosabati bilan muhtaram Prezidentimizning farmonlari bilan Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash ishiga qo’shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamot tartibini ta’minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog’ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko’rsatganligi uchun Akbarjon Fayziev vafotidan so’ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan edi.

Yaqinda Akbarjon ilk saboq sirlarini o’rganish bilan birga yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat tuyg’ularini qalbiga singdirgan Buxoro shahridagi 33-umumta’lim maktabida o’tkazilgan “Vatan - muqaddas, xotira – mangu” mavzuida xotira kechasida uning qahramonona jasorati yana bir bor tilga olindi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O’. Barnoev bugungi tinch zaminda, osoyishtalikda o’tayotgan kunlar uchun Akbarjon singari mard yigitlar xotirasi oldida hamisha qarzdor ekanligimizni, shu bois, uning oilasiga g’amxo’rlik qilish, yashash va turmush sharoitlarini yaxshilash, doimo izzat va ehtirom ko’rsatish, farzandlarining yaxshi o’qishi va kasb egallashi ko’mak ko’rsatish davlatimiz hamda viloyat hokimligi tomonidan doimiy nazoratda bo’lishini ta’kidlab, uning oila a’zolariga davlatimiz rahbariyati nomidan “Jasorat” medalini topshirdi.

Shuningdek, xotira kechasida so’zga chiqqan Akbarjonning quroldosh do’stlari, bir guruh harbiylar, mehnat faxriysi Behbud Jumaev, qahramonning o’qituvchisi Gulnoz To’yeva, 33-maktabning 8-sinf o’quvchisi Humoyun Husniddinovlar vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz osoyishtaligi uchun jonini ham ayamagan Akbarjon jasorati hech qachon unutilmasligini ta’kidlashdi.

Tadbirda so’z olgan A. Fayzievning turmush o’rtog’i Soliya Nosirova ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdi.

Orqaga Chop Etish  344 |   25-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation