Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Chegaraoldi hududlari yoshlarining sport va san’at bayrami
Chegaraoldi hududlari yoshlarining sport va san’at bayrami

Buxoro shahridagi viloyat markaziy madaniyat va istirohat bog’ida chegaraoldi hududlaridagi umumta’lim maktablarining o’quvchilari ishtirokida sport va san’at tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirning ochilish marosimida so’zga chiqqan viloyat hokimi Muhiddin Esanov va boshqalar mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ular ongi va qalbiga vatanparvarlik tuyg’ula­rini singdirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan sportni yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Joylarda shu maqsadda ko’plab ommaviy musobaqalar o’tkazilmoqda.

Maskanda to’planganlarda katta qiziqish uyg’otgan minifutbol musobaqasida Olot, Qorako’l va Romitan tumanlari yoshlarining 5 ta komandasi, shuningdek, chegarachi-harbiylarning farzandlaridan tashkil topgan "Chegarachi" jamoasi maydonga tushdi. Bahslar qizg’in va murosasiz kechdi.

Musobaqa finalida "Jig’achi" (Qorako’l) va "Qizilravot" (Romitan) futbolchilari uchrashdilar. Unda qorako’llik "charm to’p"chilar 3:1 hisobida ustun chiqib, bosh sovrinni qo’lga kiritdilar. Ikkinchi o’rin Romitan tumani vakillariga, uchinchi o’rin "Chegarachi" jamoasiga nasib etdi.

Sovrindorlar esdalik ­sov­g’alari bilan taqdirlandi.

—Qishlog’imiz yoshlari o’r­tasida futbolga qiziqish katta,—deydi asosan tumandagi 15-umumta’lim maktabi o’quvchilaridan iborat "Jig’achi" jamoasining o’yinchisi Baxtiyor Rahmonov.—Biz tushdan so’ng BO’SMda shug’ullanib, murabbiyimiz rahbarligida mahoratimizni oshirib borayapmiz. Bu bugungi minifutbol musobaqasida ham o’z natijasini ko’rsatdi. Sport kishi irodasini toblaydi, qiyinchiliklarni engib, maqsadga etishga undaydi. Bu kelajakda hayotda o’z o’rnimizni topishimizga xizmat qiladi.

E’tiborli jihat. Sport turniri madaniy tadbirga ulanib ketdi. Bu yerda jamuljam bo’lgan yoshlar va ularni qo’llab-quvvatlagani kel­ganlar uchun bog’dagi "Yashil ­teatr"da katta kontsert dasturi namoyish etildi. Poytaxtdan tashrif buyurgan "Sarbon", "Ummon" guruhlari, Oybek va Nigora, Umidaxon kabi xonandalar, shuningdek, viloyat san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar ko’ngillarga zavq bag’ishladi.

Sport va san’at tadbiri nihoyasida yosh futbolchilar "Ko’hna va boqiy Buxoro" monumentini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Orqaga Chop Etish  935 |   14-10-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation