Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Bo’lajak jurnalistlar bilan uchrashuv
Bo’lajak jurnalistlar bilan uchrashuv

Viloyat markazidagi "Aziya Buxara" mehmonxonasining restorani kecha O’zbekiston Milliy universiteti va Jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetlarida o’qiyotgan buxorolik talaba yoshlar bilan gavjum bo’ldi. Bu erda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Muhiddin Esanovning bo’lajak jurnalistlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

—Bugungi kunda vohamizdagi 32 ta matbuot nashri, 42 ta matbaa korxonasi va 4 ta telekanal ijodkorlari va texnik ishchi-xodimlari mamlakatimiz, shahar va tumanlarimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mislsiz yuksalishlar jarayonini keng yoritishda hamda ilg’or tajribalarni targ’ib etishda faol qatnashmoqdalar,—dedi viloyat rahbari.—Ammo bugungi kunda viloyatda navqiron jurnalist kadrlarga ehtiyoj g’oyat katta. Chunki oliy o’quv yurtlarini shu soha bo’yicha bitirgan buxorolik yoshlarning bir qismi poytaxtdagi ommaviy axborot vositalarida ishda qolayotgan bo’lsa, ayrimlari boshqa sohalarda mehnat qilmoqda.

Shundan so’ng viloyat rahbari Buxoroga ishga keladigan yosh jurnalistlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’riladigan chora-tadbirlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar xususida atroflicha to’xtaldi.

Tadbirda O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi raisi Baxtiyor Asadov hamda "Buxoronoma" va "Buxarskiy vestnik" gazetalari bosh muharriri vazifasini bajaruvchi Abdujalil Xalilovlar so’zga chiqib, yoshlarni kasb-kor mahoratini puxta egallab, viloyatimiz ommaviy axborot vositalarida barakali ijod qilishga da’vat etdilar.

Uchrashuvda so’z olgan O’zMU talabalari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ­laureati, Nodirabonu Sa’dieva hamda Sardor Turobovlar viloyat hokimligi rahbariyati tomonidan ­bo’lajak jurnalistlarga ko’rsatilayotgan e’tibor, berilgan sovg’alar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Orqaga Chop Etish  1062 |   09-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-09-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation