Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
2017 yil 16 mart kuni xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Unda viloyat hokimi O’. Barnoev so’zga chiqdi.

Ta’kidlandiki, mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 10-11 mart kunlari viloyatimizdagi tashrifida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, odamlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ular bilan yaqindan muloqot qilish va muammolarini hal etishga qaratilgan dolzarb vazifalar ilgari surilgan, Peshku tumanida bu boradagi ishlar talab darajasida emasligi tanqid qilingan edi. 

Viloyat hokimi hududda hal etilishi lozim bo’lgan juda ko’plab masalalar tahliliga e`tibor qaratdi..

Xususan, tuman rahbariyati tomonidan aholi dardi, tashvishini o’rganish, ular muammolarini hal etishda sustkashliklar ko’zga tashlanmoqda. 

Shuningdek, paxta, qishloq xo’jaligi oziq-ovqat ekinlarini yetishtirishdagi past ko’rsatkichlar, aholining kommunal to’lovlardan qarzdorligi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’mirtalabligi,  ichki yo’llarning yaroqsiz holatga kelib qolganligi ma’ruzada tanqidiy tahlil etildi.

Viloyat hokimi qayd etilgan mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tumanni qoloqlikdan chiqarish borasida alohida kompleks dastur shakllantirish lozimligi xususida to’xtalib, barcha viloyat rahbarlariga o’z tizimlari bo’yicha ushbu dasturga kiritiladigan loyihalar xususida aniq takliflar taqdim etish bo’yicha topshiriq berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. O’z arizasiga binoan, tuman hokimi Sh. Mavlonov vazifasidan ozod qilindi. Viloyat qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig’i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Nazarov Amrillo Ibragimovich tuman hokimi etib saylandi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  758 |   16-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 39
  • Ko`rib chiqilmagan: 22
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

18-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation