Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Viloyat faollari yigilishi
Viloyat faollari yigilishi

               Joriy yilning I choragida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari bajarilishini so’zsiz ta’minlash chora-tadbirlariga bag’ishlangan viloyat faollari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Selektor tarzida tashkil etilgan bu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, huquqni muhofaza qilish organlari,viloyat tashkilot va boshqarmalari hamda yirik sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari, siyosiy partiyalar kengashlari raislari, viloyatga respublikadan biriktirilgan vazirlik, birlashmalar va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

               Yig’ilishni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Muhiddin Esanov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

               —Ma’lumki, shu yilning 15 aprelida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yilning 15 yanvarida respublika hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholashga bag’ishlangan majlisi bo’lib o’tdi,—dedi viloyat rahbari.—Ushbu majlisda, shuningdek, joriy yilning 19 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoev Qandim gazni qayta ishlash kompleksi qurilishi boshlanishi munosabati bilan viloyatimizda bo’lganida voha iqtisodiyotini yanada rivojlantirish masalalari bo’yicha respublika vazirlik va idoralari rahbarlari, viloyat shahar va tumanlari hokimlari, huquq-tartibot organlari, bank, soliq va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda belgilagan topshiriqlar ijrosi bugungi faollar yig’ilishida atroflicha muhokama etilishi darkor.

               Yig’ilishda "Belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning joriy yil I choragida bajarilishi hamda 2016 yil 15 yanvardagi hukumat majlisida belgilab berilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarkibiy o’zgartirishlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalash bo’yicha 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini o’z vaqtida amalga oshirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida" viloyat hokimining o’rinbosari Husniddin G’oyirov ma’ruza qildi.       

               Unda qayd etilganidek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2016 yil I chorak yakunlari bo’yicha asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sish sur’atlariga erishildi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot hajmi 1 trillion 795 milliard 700 million so’mni tashkil etdi yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 107,3 foizga o’sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 109,7 foizni, shu jumladan, hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’ati 116,1 foizni, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 115,1 foizni, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 107,0 foizni, kapital mablag’larni o’zlashtirish 143,3 foizni, chakana savdo aylanmasi 113,8 foizni hamda xizmatlar ko’rsatish hajmi o’sishi 113,2 foizni tashkil etdi.

               "Buxoro viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi"ga muvofiq 2016 yilda umumiy qiymati 391,9 milliard so’m va 1,4 million AQSh dollariga teng 1917 ta loyiha amalga oshirilib, 16811 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan. Joriy yilning 1 aprel holatida 204 ta loyiha ro’yobga chiqarilib, 1043 ta yangi ish o’rni yaratilishiga erishildi.

               Ammo bu yutuqlar bilan bir qatorda viloyatda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, ularni eksport qilish, yangi issiqxonalar tashkil etish, chorva mahsulotlari etishtirish, parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha biznes-rejalarni ishlab chiqish, banklarning sohalarga ajratayotgan kredit mablag’laridan samarali foydalanish bo’yicha qator kamchiliklar mavjud.

               Viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi boshlig’i Sanjar Fozilov ana shu kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida hisobot berdi. Viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig’i Hojiakbar To’raevning axboroti "Eksportning 2016 yilga belgilangan prognoz parametrlarining so’zsiz bajarilishini ta’minlash, mahsulotlarning eksport tarkibini diversifikatsiyalash va turlarini kengaytirish, yangi sotish bozorlarini o’zlashtirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarga bag’ishlandi.

               Yig’ilishda viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi boshlig’i Istam Hamroev "Joriy yilda foydalanishga topshiriladigan ob’ektlarga alohida e’tibor qaratgan holda, 2016 yilgi investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlarni qurish, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish yuzasidan buyurtmachilar va qurilish tashkilotlari o’rtasida pudrat shartnomalari tuzishning holati to’g’risida" hisobot berdi. Viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi Fayzullo Ergashevning hisobotida "Xorijiy investorlarni aktsiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallarini shakllantirishga jalb etish asosida davlatning iqtisodiyotdagi ulushi izchil qisqartilishini ta’minlash hamda kompaniyalarda korporativ boshqaruv darajasini oshirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida"gi hisoboti yig’ilishda tanqidiy ruhda muhokama qilinib, bu boradagi kamchiliklar ko’rsatib o’tildi.

               Yig’ilishda ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi bosh vazirining o’rinbosari G’ulomjon Ibragimov kun tartibidagi masalalar bo’yicha so’zga chiqib, viloyatda 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturni amalga oshirishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari haqida batafsil to’xtalib, mavjud muammolarni yechishga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha respublika vazirliklari, idoralari va banklari mutasaddilariga tegishli topshiriqlarni berdi.

Orqaga Chop Etish  1361 |   30-04-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 91
  • Ko`rib chiqilmagan: 52
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

22-11-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation