Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Bor mehru muhabbatimiz sizga!
Bor mehru muhabbatimiz sizga!

Ayol — jamiyat gultoji, mehr va muhabbat timsolidir. Tong otguncha bedor beshik tebratadigan, farzandi uchun tandirda shirin kulchalar yopadigan, bolasining ko’zmunchog’ini ko’ziga suradigan mehribon, kuyunchak o’zbek onalari sha’niga minglab she’r va g’azallar, dostonlar bekorga bitilmagan.

Istiqlol yillarida ayolni ulug’lash muqaddas tushunchaga aylandi va u oilani, Vatanni, hayotni sharaflash darajasiga ko’tarildi. Xotin-qizlarning oiladagi, davlat va jamiyat qurilishidagi o’rni yuksaldi, ularning huquqiy, ijtimoiy, iq-tisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish tizimi yaratildi. Bugun ayollarimiz davlat va jamiyat boshqaruvida, ijtimoiy-siyosiy hayotimizda va yana boshqa sohalarni isloh qilishda faol ishtirok etishyapti.

Qalblarimizga ona mehridek iliq bahor nafasini olib kiruvchi 8 mart — Xotin-qizlar bayramini intiqlik bilan, o’zgacha shukuh va quvonch ila kutamiz.

4 mart kuni Buxoro shahridagi "Parizod" marosimlar uyida to’plangan onaxonlar, lobar qizlar, opa-singillarimiz, umuman, barcha bayram ishtirokchilari chehrasida ana shu shukuhni kuzatish mumkin edi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O’ktam Barnoev tantana ishtirokchilariga, ular timsolida butun voha xotin-qizlariga tabrik so’zi bilan murojaat etdi.

—Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Yaratganning bebaho mo’’jizasi bo’lgan aziz ayollarimiz, qadrli onalarimiz, mehribon rafiqalarimiz, munis opa-singillarimiz, sevimli qizlarimiz va nabiralarimiz hayotda bizga barcha to’siqlarni engib o’tish, oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishish yo’lida doimo g’amxo’rlik qilib, hamisha cheksiz ishonch, kuch va madad beradilar,—dedi u o’z tabrigida. — Ularning onalik mehri va saxovati, ayollik tarovati va mehr-oqibati uchun biz umrbod qarzdormiz.

Bugun Prezidentimiz rahnamoligida yangi taraqqiyot yo’liga qadam qo’yildi. Ushbu rivojlanishning har bir jabhasida xotin-qizlarimiz o’zlarining fidokorona mehnati, shijoati, tashabbuskorligi bilan alohida ibrat namunalarini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda viloyatdagi xalq ta’limi, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlarining 73 foizini, sog’liqni saqlash tizimida 74 foizni, ishlab chiqarish tarmoqlarida 42 foizini, qishloq xo’jaligida 43 foizini aynan ayollar tashkil etayotgani ularning haqiqatdan ham biror-bir sohada hech kimdan qolishmasligini ko’rsatadi.

Qolaversa, mahalliy Kengashlarga saylangan 80 nafar deputat ayollarning o’z hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalarini hal etishdagi faol ishtiroki, xotin-qizlarning turli sohalarda mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarida muvaffaqiyatli ish yuritayotgani, xususan, kichik biznes sub’ektlarining 5 mingdan ziyodini, fermer xo’-jaliklarining 260 dan ortig’ini samarali boshqarayotgani ayol matonati, aqlu zakovati e’tirofi belgisidir.

O’tgan yil buxorolik ana shunday faol ayollarimizning 10 nafari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangani esa ularning fidokorona mehnati, intilishi hamisha davlat e’tibori va e’tirofida ekanining amaliy tasdig’i bo’ldi.

Shu bilan birga xotin-qizlarimizga yanada qulay sharoitlar yaratish bo’yicha hali ko’plab ishlar qilinishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Xususan, onalar va bolalar sog’lig’ini muhofaza qilish, ularning bandligini ta’minlash, opa-singillarimizning har jabhada og’irini engil qilish uchun har tomonlama imkoniyat yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o’rni va nufuzini oshirish bo’yicha davlat siyosatini faol davom ettirish eng muhim vazifa sanaladi. Zero, ayoli sog’lom, oqila va donishmand bo’lgan yurtning ertasi porloq, kelajagi nurafshondir.

Shundan so’ng O’. Barnoev barchani bayram bilan muborakbod etib, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir guruh xotin-qizlarga xalq deputatlari viloyat Kengashining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alarni topshirdi.

Tantanali tadbir respublika va viloyatimizning taniqli, yosh san’atkorlari tomonidan ona qalbi, yurt mehri, bahor tarovati hamda muhabbat haqida ijro etilgan kuy-qo’shiqlaridan iborat bayram konsertiga ulandi.

Orqaga Chop Etish  352 |   09-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation