Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  O’yingoh zamonaviy qiyofada
O’yingoh zamonaviy qiyofada

Bayramoldi yo`qlamasida VOBKENT tumani: Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!

Barcha joylarda bo’lgani kabi Vobkentda ham eng ulug’, eng aziz bayram — Vatanimiz mustaqilligining chorak asrlik yubileyiga munosib hozirlik ko’rilmoqda. Shu kunlarda tumanda bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qizg’in tus olgan. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug’ruqxona va bolalar bo’limi, tuman yong’in xavfsizligi bo’limi, 4-umumiy o’rta ta’lim maktablarida mukammal ta’mirlash ishlari oxirlab qoldi.

Ayniqsa, "Yoshlik" o’yingohi yangicha qiyofa kasb etmoqda. Gap shundaki, ob’ektda Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 1 milliard 290 million so’mlik mukammal ta’mirlash ishlari olib borilayotir. Bu yerda "G’ijduvong’ovshun maxsus qurilish montaj" korxonasining 42 nafar serg’ayrat ishchilari tomonidan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bugunga qadar o’rindiqlar, panjara to’siqlarining demontaji, o’rindiqlar tagiga beton yotqizish, yangi panjaralar o’rnatish singari 800 million so’mlik ish bajarildi.

Eng asosiysi, inshoot sport standartlari darajasiga to’liq mos keladi va u yirik musobaqalarga mezbonlik qilishi shubhasiz.

—Davlatimiz tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning barkamol voyaga yetishi uchun ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikning dalilini birgina mana shu stadion misolida ham ko’rish mumkin,—deydi "Vobkent" futbol jamoasi murabbiyi Mirzo Tursunov.—Istiqlol bayrami arafasida foydalanishga topshiriladigan bu zamonaviy inshoot jamoamiz imkoniyatlarini yanada kengaytirib, yuksak marralar sari yetaklaydi.

Tumanda mustaqillik yillarida sportni rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bugun bu yerda bitta bolalar-o’smirlar sport maktabi va uning uchta filiali, "Kumushkent" o’yingohi, "Qo’qin" sport majmuasi faoliyat yuritmoqda. Bu maskanlardan bugungi kunga qadar Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori va Braziliya Olimpiadasiga yo’llanmani qo’lga kiritgan og’ir atletikachi Sardor Do’stmurodov, og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempioni Avez Idiev, milliy kurash bo’yicha O’zbekiston chempionlari Nigora Boltaeva va Shahlo Barnoeva singari sport ustalari etishib chiqqan. Shuningdek, vobkentlik yoshlar sportning yunon-rum kurashi, milliy kurash, Turon yakka kurashi, og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston chempionati va turnirlarida 18 ta medalni qo’lga kiritishgan.

Yangilanayotgan "Yoshlik" o’yingohi ana shunday yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Orqaga Chop Etish  2038 |   04-07-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 91
  • Ko`rib chiqilmagan: 52
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-11-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation