Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Ota-onalar va askarlar diydorlashuvi
Ota-onalar va askarlar diydorlashuvi

O’zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab, 5 yanvar kuni Buxoro san’at kollejida o’tkazilgan videokonferensiya "Mening o’g’lim—Vatan himoyachisi!" deb nomlandi. Videomuloqotda Buxoro va Farg’ona viloyatlarida muddatli harbiy xizmat burchini o’tayotgan askarlar, ularning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari, Buxoro va Farg’ona viloyatlari hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy texnika va qurol-yarog’ hamda malakali harbiy kadrlar bilan ta’minlangan, yurtimiz tinchligi, sar-hadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir professional milliy armiyamiz shakllantirilgani alohida ta’kidlandi.

Peshko’ tumanidagi Shavg’un shaharchasida o’sib-ulg’aygan Pahlavon Qurbonov yigitlik burchini Farg’ona viloyatida o’tamoqda. 14 yanvar—Vatan himoyachilari kuni oldidan tashkil etilgan videomuloqot unga ota-onasi bilan diydorlashish lahzalarini hadya etdi.

—Onajonim, armiya xizmatini ko’ngildagidek o’tayapman.Yigitlik burchimni bajarib, ishonchingizni oqlab, yorug’ yuz bilan bag’ringizga qaytaman,—dedi u onasining sog’inch to’la nigohlariga boqar ekan.—Mendan aslo xavotir olmang. Bu erda yaratilgan sharoitlarni ko’rib har qanday kishining havasi keladi. Biz bunga javoban Vatanimizga munosib farzandlar bo’lishga so’z beramiz!

—O’g’lim Pahlavon bilan faxrlanaman,—deydi Qahramon Sanaev.—Videomuloqot orqali farzandim bilan diydorlashar ekanman, uning harbiy libosdagi qaddi qomatini ko’riboq ko’nglimda faxr uyg’ondi. "Qarang ,mening o’g’lim — Vatan himoyachisi!" degan g’urur ko’nglimdan kechdi. Mustaqillik tufayli harbiy libos kiyish o’g’lonlarimiz uchun sharafga aylandi.Farzandlarimizning Vatan oldidagi burchini sadoqat bilan ado etishi uchun yaratilgan sharoitlardan ko’nglimiz xotirjam. Buning uchun davlatimizdan minnatdormiz.

Farg’ona viloyatidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari muddatli harbiy xizmatchisi Jasurbek Akramov uchun esa videomuloqot qo’shaloq bayram bo’ldi. Shu kuni uning tug’ilgan kuni edi. Onlayn aloqa orqali onasining she’riy tabrigi Jasurbek uchun kutilmagan sovg’a bo’ldi.

—Osoyishta va obod Vatanimiz chegaralari daxlsizligini ta’minlashga hissa qo’shayotganimdan faxrlanaman,—deydi Jasurbek biz bilan suhbatda.—O’z burchimni namunali o’tayapman.Maqsadim qat’iy: xizmatni tugatib, harbiylar sulolasining davomchisi sifatida hayotimni milliy armiyamiz bilan bog’lash niyatidaman.

Shu kuni Farg’onada xizmat burchini bajarayotgan buxorolik yigitlarning o’z qadrdonlari bilan, farg’onalik askarlarning olisdagi ota-onalari bilan onlayn tizimi orqali o’tkazgan muloqoti hayajonli daqiqalarga boy bo’ldi. Tadbirda harbiylar va ularning onalariga yuksak ehtirom ko’rsatilib, badiiy jamoalar, taniqli san’atkorlar tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. Tadbir so’ngida ishtirokchilarga tashkilotchilar—har ikkala viloyat hokimligi, mudofaa ishlari boshqarmalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining esdalik sovg’alari topshirildi.

Videokonferentsiyada viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.To’yeva ishtirok etdi.

Orqaga Chop Etish  220 |   10-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation