Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Viloyat Kengashi sessiyasi
Viloyat Kengashi sessiyasi

Joriy yil 18 noyabr kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. Viloyatimizdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari, viloyat tashkilotlari, korxonalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etgan yig’ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat hokimi M. Esanov boshqardi.

Dastlab “Davlat tili to’g’risida”gi va “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonunlarning viloyatdagi ijrosi to’g’risidagi masala yuzasidan 6-Bahor saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi F.Aminov axborot berdi.

Axborot o’rnida ishtirokchilarga mavzuga oid videorolik namoyish qilindi. Unda mamlakatimizda davlat tiliga e’tibor, ona tilimizning boyligi, mukammalligi, shu barobarida ayrim yoshlarimizning o’zaro so’zlashuvda, turli tasviriy vositalar, do’kon va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalarida, jamoat transportlarida o’rnatilgan lavhalarda tilimiz sofligiga daxl qiluvchi xorijiy va “quralay” so’zlar ishlatilayotganligi, aksariyat yozuvlar imlo qoidlariga zid tarzda bitilganligi aniq dalillar orqali keltirilib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish borasida mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.  

Shundan so’ng deputatlar “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil                  26 maydagi “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni takomillashtirish to’g’risida”gi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yildagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining viloyatdagi ijrosi to’g’risida”gi masalani muhokama qilishdi. Bu to’g’rida 31-Qaroli saylov okrugidan deputat Z. Jumaev so’zga chiqdi.

Sessiyada “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ko’maklashuvchi komissiyasi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 2015 yilning o’tgan davridagi faoliyati, jumladan “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturining ijrosini ta’minlashdagi ishtirokini o’rganish natijalari to’g’risida”gi masala yuzasidan 1-Do’stlik saylov okrugidan deputat, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo’jaligi masalalari va aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha doimiy komissiyasi raisi T. Bahronov axborot berdi.

Yig’ilishda “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining viloyatdagi ijrosi to’g’risida”gi masala yuzasidan 44-Buktaroy saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining Yoshlar siyosati va sog’lom avlodni tarbiyalash masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi S. Rahmonovning axboroti eshitildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu muhim qaror ijrosi Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2015 yil 2 may 4-sessiyasida muhokama qilingandan so’ng, ta’lim muassasalarida kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tadbiriy choralar tuzilgan va ular ijrosini ta’minlash borasida qator ijobiy ishlar qilingan. 2015-2016 o’quv yilida viloyatimiz xalq ta’limi tizimidagi 536 ta umumta’lim maktablarida ta’lim 4 ta tilda - o’zbek, rus, qozoq va tojik tillarida olib borilmoqda. 536 ta umumta’lim maktablarining 529 tasida  6565 ta sinfda 171624 nafar bolaga chet tillari o’rgatilib kelinmoqda.

Mamlakatimizda chet tilini o’rgatish bo’yicha SEFR talablari asosida dastur, darslik va qo’llanmalarni yaratilishida Buxorolik pedagoglarning ham hissasi anchagina. Pedagoglarimizning xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz va frantsuz tillari bo’yicha “Yil o’qituvchisi” Respublika ko’rik-tanlovidagi yutuqlari, turli fan tanlovlarida o’quvchi va talabalarning qo’lga kiritgan yuqori natijalarini e’tirof etish quvonarli holdir.

Shuningdek, umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinflarning moddiy texnik bazasi mustaxkamlash borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi tomonidan viloyatdagi 317 ta umumta’lim maktablarining 508 ta chet tillari xonalari zamonaviy jihozlar  bilan jihozlanib, 1 milliard 964 million so’m mablag’ sarflandi.

Ammo shu barobarida ushbu tizimdda ayrim kamchiliklar ham ko’zga ashlanmoqda. Bunga sabab esa Xalq deputatlari Kogon, Buxoro tumanlari Kengashlarida mazkur masala chuqur o’rganilmasdan muhokama qilingan.

Buning natijasida ushbu hududlardagi ayrim maktablarda chet tillari darslarini interaktiv usulda tashkil etish, dars tahlilini yuritish borasida kamchiliklar mavjud.

Sessiya ishida “Viloyat hokimining 2015 yil 20 yanvardagi 51-sonli “2015 yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’milash dasturi” to’g’risidagi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig’i B.Maxsudovning olib borayotgan ishlari to’g’risidagi hisoboti haqida” 8-Dilkusho saylov okrugidan deputat, Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi S. Jo’raeva, “Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2013 yil  27 iyul 192G’41-IV-sonli “Buxoro viloyati hududiy fermerlar Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil  22 oktyabrdagi “O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4478-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarining samaradorligi to’g’risida”gi qarorining bajarilishi haqida 57-Darg’ali saylov okrugidan deputat, Xalq deputatlari viloyat Kengashining agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya bo’yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxsudov,    Shofirkon tumanidagi vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining  “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida”gi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosini ta’minlash bo’yicha faoliyatining samaradorligi haqida 17-Chorbakr saylov okrugidan deputat,   xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari doimiy komissiyasi raisi Z.Tairov, “Chiqindilar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining viloyatdagi ijrosi to’g’risida 40-Jo’ynav saylov okrugidan deputat, “G’arbiy-O’zbekiston gidrogeologiya ekspeditsiyasi” davlat korxonasi bosh geologi Z. Xoliqovlar axborot berishdi

Yig’ilishda kun tartibidagi “Buxoro shahar hamda Buxoro, Romitan, Kogon, Shofirkon tumanlaridagi ayrim geografik ob’ektlar nomlarini o’zgartirish to’g’risida”, “Viloyat mahalliy byudjetining 2015 yil 9 oylik ijrosi to’g’risida”, “Viloyat hokimi qarorlarini tasdiqlash”, “Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi masalalar ham ko’rib chiqildi.

Yiѓilishda muhokama etilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  821 |   20-11-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation