Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi

Joriy yil 26 dekabr kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sesiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari, viloyat tashkilotlari va idoralari rahbarlari, shahar va tuman moliya bo’limlari, davlat soliq inspektsiyasi, elektr tarmoqlari korxonasi boshliqlari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh hakimlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo’limi boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Respublika Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat hokimi M. Esanov olib bordi.

     Dastlab viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining xavfsizligini va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha olib borayotgan ishlari to’g’risida viloyat hokimi M. Esanov hisobot berdi (Ma’ruzaning to’liq matni saytimizda e’lon qilinadi).  

Sessiyada shuningdek, Buxoro viloyatining 2015 yil byudjeti ijrosi hamda viloyatning 2016 yilga mo’ljallangan mahalliy byudjeti asosiy parametrlari to’g’risida viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig’i A. To’xtaevning hisoboti ham tinglandi.(Hisobotning to’liq matni ham saytimizda e’lon qilinadi).

Ushbu masalalar muhokamasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari M. Mirzayev, 6-Bahor saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi F. Aminov, 8-Dilkusho saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi S. Jo’raeva, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi raisi Yu. Qurbonov, 55-Chovli saylov okrugidan deputat,  Qorako’l tumani hokimi M. No’monov hamda Oliy Majlis Senati a’zosi, Peshku tuman hokimi Sh. Mavlonovlar ishtirok etishdi.

Shundan so’ng yig’ilishda Buxoro shahar elektr ta’minoti tizimida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to’g’risidagi masala muhokama qilindi.

Ma’ruza o’rnida mavzuga oid videolavha namoyish qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015G’2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlanishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi” tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Ammo shu barobarida aholiga elektr energiyasi yetkazib beradigan  transformator punktlarining ba’zilarida eshiklar o’rnatilmaganligi, yoritish tizimlari mavjud emasligi, kabel kanallari usti yopilmaganligi, standart saqlagichlar o’rnida qo’lbola simlardan foydalanilganligi va boshqa kamchiliklar qayd etildi.

Mazkur masala muhokamasida viloyat Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari R. Mamatov qatnashdi.

Sessiya ishida “Viloyatda narx-navoni maqbullashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida”gi masala ham muhokama qilindi. Bu to’g’rida 31-Qaroli saylov okrugidan deputat, "O’zdavneftgazinspektsiya"  Buxoro viloyati bo’limi rahbari Z. Jumaev axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyat bo’yicha kunlik naqd savdo tushumiga ega bo’lgan 7782 ta sub’ektlardan 7005 tasida nazorat kassa mashinasi va 7460 tasida savdo terminallari o’rnatilgan.

 “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” viloyat hududiy bo’limi tomonidan 2011 yilda 1890 ta, 2012 yilda 2025 ta, 2013 yilda 774 ta, 2014 yilda 922 ta va 2015 yilning o’tgan davri mobaynida 1605 nafar tadbirkorlik sub’ekti ro’yxatdan o’tkazilishi ta’minlangan.

Hozirgi kunga kelib dehqon bozorlari va savdo komplekslarida faoliyat ko’rsatayotgan 5268 ta turg’un shaxobchalarning 2471 tasida nazorat kassa mashinalari, 2913 tasi to’lov terminallari bilan jihozlanmagan. 2015 yilning 1 dekabr holatida nazorat kassa mashinalari o’rnatilmagan tadbirkorlik sub’ektlari soni 777 nafarni, to’lov terminallari bilan ta’minlanmagan sub’ektlar soni 335 tani tashkil etmoqda.

Bozor hududlarida o’tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida davlat ro’yxatidan o’tmasdan noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxslar aniqlanmoqda. Birgina 2015 yilning dekabr oyiga qadar 621 marotaba tekshirish va reyd tadbirlari o’tkazilib, 516 holatda davlat ro’yxatidan o’tmasdan yoki kirim hujjati bo’lmagan tovarlar sotish holatlari aniqlanib, daliliy ashyo sifatida jami 1.420 million so’mlik tovar moddiy boyliklari olib qo’yilgan.   

Shuningdek ma’ruzada viloyatdagi bozorlarda qayd etilayotgan tartibsizlik, antisanitariya holatlari, mahsulotlarni naqd pul va plastik kartochka orqali xarid qilishda narxlarning nomuvofiqligi va boshqa holatlar qayd etib o’tildi. Ma’ruzaga ilova sifatida mavzuga oid videolavha namoyish qilindi.

Viloyat rahbari mazkur masala muhokamasiga tanqidiy yondashib shahar va tumanlar hokimlari, sohaga daxldor mutasaddi rahbarlar oldiga ushbu muammolarni bartaraf etish bo’yicha qat’iy talablar qo’ydi. 

Sessiya ishida “Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputatlarining deputatlik odobi qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”, “Buxoro viloyati hokimining qarorlarini tasdiqlash to’g’risida” hamda “Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining  navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi masalalar ham ko’rildi.

Sessiya kun tartibida muhokama etilgan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1218 |   27-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation