Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Sportchi qizlarga — Prezident sovg’alari
Sportchi qizlarga — Prezident sovg’alari

Yangi yilda viloyatimiz sportchi qizlariga Prezident sov­g’asi—zamonaviy va milliy bichimdagi sport kiyimlari tantanali suratda topshirildi.

Olot tumanida soha va jamoatchilik vakillari ishtirokida o’tkazilgan marosimda viloyat hokimi Muhiddin Esanov so’zga chiqdi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarni, jumladan, qizlarni barkamol qilib tarbiyalashning ajralmas qismi bo’lgan sportga, uning ommaviyligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilayotgani, bunda Yurtboshimiz tashabbusi bilan o’n uch yil muqaddam tashkil etilgan O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining ahamiyati va nufuzi oshib borayotgani ta’kidlandi. Ushbu tashkilot mablag’lari hisobiga viloyatda o’nlab bolalar va o’smirlar sport maktablari binolari, 60 ta umumta’lim maktabi uchun sport zallari hamda boshqa qator inshootlar barpo etildi va rekonstruktsiya qilindi.

Darvoqe, qizlarga Prezident sovg’alarini topshirish marosimi qo’shaloq bayramga aylandi. Tantanali tadbir 20-bolalar va o’smirlar sport maktabining yangi binosi foydalanishga topshirilishi bilan bir paytga to’g’ri keldi. Bu ham ramziy ma’noga ega.

Loyiha-smeta qiymati 2 milliard 249 million so’mlik bo’lgan bu inshoot yaxlit majmuadan iborat. U sportning kurash, dzyu-do, stol tennisi, mini futbol, basketbol, voleybol, qo’l to’pi, boks, muaytay turlari bilan shug’ullaniladigan yirik yopiq zal, shuningdek, 480 o’rindiqli futbol stadioni, yengil atletikachilar uchun tegishli sharoitlar yaratilgan maydonchalarni o’z ichiga olgan.

Viloyat rahbari Muhiddin Esanov yoshlarni quvonchli voqea bilan qutlab, sportchi qizlarga Prezident sovg’alarini topshirdi.

—Yurtboshimizning biz, yoshlarga e’tiboridan juda xursandmiz,—deydi 13 yoshli Donoxon Hamroeva.—Men karate bilan shug’ullanaman. O’tgan yili Toshkentda o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan mamlakat kubogi shaxsiy bahslarida uchinchi o’rinni egallagan edim. Barcha imkoniyatlar yaratilib, ixtiyorimizga berilgan mana shu ajoyib majmuada mahoratimni oshira borib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga intilaman.

O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi viloyat filiali rahbari O’tkir Najmiddinovning ta’kidlashicha, bugungi kunda vohada 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlarning 56 foizidan ziyodrog’i sport bilan muntazam shug’ullanmoqda. Jumladan, ular orasida qizlar soni ham oshib borayotir. Yangi yil arafasida ularning eng faollaridan 7488 nafariga Prezident sovg’alari topshirildi.

Ta’kidlash joiz, keyingi besh yilda sport bilan muntazam shug’ullanib, turli musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgan 50 ming nafar qiz ana shunday tuhfadan bahramand bo’ldi.

Tohirjon ISTATOV olgan surat

Orqaga Chop Etish  1056 |   04-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 80
  • Ko`rib chiqilmagan: 41
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

22-03-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation