Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Gazli va Qizilravotdagi muammolar hal etiladi
Gazli va Qizilravotdagi muammolar hal etiladi

Viloyat hokimi O’. Barnoev Gazli shahar aholisi bilan uchrashdi. Unda viloyat hokimining o’rinbosarlari, viloyat hokimligi apparati xodimlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Ayni paytda bu hududning murakkab sharoitini hisobga olgan holda, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, sifatli tibbiy yordam ko’rsatish, onalik va bolalikni himoya qilish, oila va mahalla institutlariga e’tibor qaratish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi o’rni va mavqeini yuksaltirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish talab etilmoqda.

Ana shu maqsadda viloyat rahbari shaharchaning aholisi bilan uchrashdi, oilalarga kirib, ularning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Xalq bilan samimiy muloqotlar bo’lib o’tdi.

Dastlab viloyat rahbari Gazli shahrini yanada rivojlantirish borasidagi dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida so’zlab berdi. Ta’kidlanishicha, shaharda ushbu loyiha bo’yicha yangi binolar quriladi, bo’sh turgan ob’ektlar inventarizatsiyadan o’tkazilib, tadbirkorlarga beriladi. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida yangi bog’lar tashkil etiladi, zamonaviy issiqxonalar qurilib, foydalanishga topshiriladi. Parrandachilik, chorvachilik, qoramolchilik rivojlantirilib, yangi ish o’rinlari yaratiladi. Viloyat hokimi shaharchadagi xizmat ko’rsatish va servis xizmatini zamon talablariga ko’tarish bo’yicha o’z takliflarini berdi.

Yig’ilishda viloyat hokimi Gazli shahrini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha dastur qabul qilish zarurligini ta’kidladi. Bunda shaharning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda qayrag’och, o’rik, gilos, qora archa, tuya daraxtlarini ekish, ichki yo’llarni tartibga solish, markaziy ko’chalarga chiroqlarni o’rnatish, yangi loyihalar asosida uy-joy qurish ishlarini jadallashtirish bo’yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Muloqot davomida toza ichimlik suvi muammosi, avtobuslarning qatnovini tartibga solish, ko’p qavatli uylarning ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi, aloqa tarmog’ini yaxshilash, ishsizlik muammolari bo’yicha aholini qiynab kelayotgan ko’plab savollarga javob topildi.

Viloyat rahbari mazkur masalalarni ham tanqidiy jihatdan muhokama etib, ular yechimini ta’minlash bo’yicha aniq muddat va tegishli topshiriqlar berdi.

Shu kunning o’zida viloyat rahbari Romitan tumanidagi "Qizilravot" qishloq fuqarolar yig’ini faollari bilan ham uchrashdi. Aholi tomonidan ilgari surilgan muammolarni joyida bartaraf etish bo’yicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Orqaga Chop Etish  656 |   26-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

16-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation