Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Ezgulikka yo’g’rilgan udum
Ezgulikka yo’g’rilgan udum

Navro’z — buyuk qadriyat. Navro’z — o’zlikni anglashga in’om etilgan benazir fursat. Navro’z — iftixor hissini tuymoqning go’zal talqini. Tong nasimida gullar iforini sezmoqlik baxti. Navro’z — shifo tilab hol so’rmoqlik saodati.

Buxoro ahli bahorni sog’inib qarshiladi. Har bir kishining qalbida zavq-shavq. Ko’hna shaharning eng so’lim go’shalari —Ark qo’rg’oni, "Ko’hna va boqiy Buxoro" madaniy markazi, Labihovuz majmuasi, Markaziy istirohat bog’i, favvoralar maydonida "Navro’z tarovati" deb nomlangan xalq sayillari ko’klam nafosatini yorqin namoyish etdi. Bu galgi bayram yana bir jihati bilan avvalgilaridan ajralib turadi: xalq sayillari bir-ikki joyda emas, viloyatning markazi bo’ylab, ko’cha va mahallalarida ham bo’lib o’tmoqda.

—Viloyatimizda Navro’z tantanalari har yilgidan ko’ra boshqacharoq o’tgani bizni quvontirdi,—deydi Buxoro shahridagi sayil qatnashchilaridan biri Samiya Kamolova.—Ayniqsa, milliy-madaniy markazlar vakillarining tayyorlagan dasturini miriqib tomosha qildik.

—Buxoro pedagogika kollejida tahsil olaman,—deydi turkmanistonlik talaba Enajon Allaberdieva.—Buxoroning Navro’z tantanalarida birinchi marta ishtirok etayapmiz. Milliy laparlar va qo’shiqlarimizni ijro etdik. Bizda ham Navro’z shunday sayillar bilan nishonlanadi.

Darvoqe, sayil navolari yurak-yurakka sizib kirguvchi hislarni qo’shiqqa o’girib, inson qalbiga shukronalik baxshida etadi. Buxorcha laparlar etmish ikki tomirda mudrab yotgan qish nafasini mayin iliqlikka eltadi.

Bu hissiyotlarning tub mohiyati asrlar bilan bo’ylashib, bobomeros urf-odatlarimiz, qadriyat va an’analarimiz bilan uyg’unlashib ketadi. Arqon tortish, kurash, xo’rozlar jangi, xalq o’yinlari, dorbozlar chiqishlari... Ayniqsa, doshqozon atrofida bug’doy suvi ko’targan milliy liboslardagi ayollarimiz gurungi hech qaysi yurtda yo’q. Bu betakror, go’zal lahzalar har bahorda necha asrki O’zbekiston zaminida o’z qiymatini yo’qotmay yanada yasharib, yangi urf-odatlarga uyg’un holda bardavom.

—Shu kunlarga etkazganiga shukur,—deydi sayil qatnashchisi—G’ijduvon tumani F.Xo’jaev MFY maslahatchisi Sanobar Badriddinova biz bilan suhbatda.—Navro’z bilan bog’liq odatlar talay. Eng muhimi — bayram yaxshi kayfiyatda kutib olinsa, butun yil davomida g’am-tashvish oilaga yaqin yo’lamaydi. Sumalak qancha ko’p odamlarga tarqatilsa, mahalla shuncha boy bo’ladi. Shu kuni osmonda turnalarni ko’rgan odamga yil davomida omad hamroh bo’ladi. Bir-birining dilini og’ritgan odamlar Navro’z kuni yarashib olishmasa, omad ulardan yuz o’giradi. Navro’z kuni tug’ilgan o’g’il bolaga Navro’z yoki Navro’zbek, qiz bolaga Navro’za yoki Navro’zgul deb ism qo’yiladi. Bu bolalar baxtli bo’lishadi.

Navro’z kunlari muchal to’yini nishonlash ajoyib odat. Shu kuni keksalarimiz muchal yoshiga etgan qiz-o’g’illarga bosh-oyoq sarpo kiydirib, xonadonlarga ulush tarqatadilar. Xullas, har bir an’ana va urf-odatlarimiz zamirida millatimizga xos ezgu niyat mujassam. Bu mujassamlikning yakdil ifodasi — Navro’z balki shu sabab boqiy va bardavomdir.

Buxoro shahridagi Rashid Saidov raislik qilayotgan Xo’ja G’unjoriy nomli mahalla fuqarolar yig’inida ham bahor ayyomi munosib kutib olindi. Somoniylar bog’idagi Umar Hayyom nomli bazmgohda o’tkazilgan to’kin dasturxon atrofiga kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oila a’zolari, yakka yolg’iz qariyalar, mehnat faxriylari, front ortida ishlagan keksa avlod vakillari taklif etildi. Yig’in tomonidan nuroniylar, mehnat faxriylari hamda muchal yoshini nishonlayotgan mahalla ahliga sovg’a-salomlar ulashildi.

Yig’inda istiqomat qilayotgan 94 yoshli II jahon urushi qatnashchisi Habib bobo Valievni suhbatga chorladik:

—Bizning yoshligimiz qahatchilik, etishmovchilik, azob-uqubatda o’tgan,— deydi otaxon. — U zamonlarda hozirgidek to’kin-sochinlik, farovonlik qayda edi? Biz, keksalarga davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklarni orzu ham qilmasdik. Bugungi dorilomon kunlarimizning, shaharu qishloqlarimiz, mahallayu guzarlarimiz ko’rku tarovatining sababchisi mustaqilligimiz va yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikdir.

Bu kabi tadbirlar har bir tuman va qishloqda o’tkazilmoqda.

Orqaga Chop Etish  577 |   22-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 47
  • Ko`rib chiqilmagan: 8
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-09-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation