Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Senat a’zosi saylandi
Senat a’zosi saylandi

Joriy yil 3 fevral kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining bo’shab qolgan o’ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo’yicha qo’shma majlisi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini saylash masalasi muhokama qilindi.

Qo’shma majlisni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Qurbonqulov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Majlisga 6-Bahor saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Aminov raislik qildi.

Sessiyada “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida”gi  Nizomning 7-bandiga muvofiq deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega bo’lgan, obro’li deputatlar orasidan viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining har biridan bir vakildan iborat tarkibda Senat a’zoligiga nomzod ko’rsatish bo’yicha Oqsoqollar kengashi tarkibi saylandi.

Yig’ilishda Oqsoqollar kengashi tomonidan 38-Peshku saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati,  Buxoro viloyati hokimi O’ktam Isoevich Barnoev nomzodi Oliy Majlis Senati a’zoligiga tavsiya qilindi.

Ushbu masala muhokamasida ishtirok etgan Oliy Majlis Senati a’zosi, Buxoro xalqaro aeroporti direktori T. Bahronov, 52-Qoraxoni saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, G’ijduvon tumani hokimi M. Umarov, xalq deputatlari Olot tumani Kengashi deputati, Nogironlar jamiyati tuman bo’limi rahbari S. Oqievlar tavsiya etilgan nomzodning o’z xizmati va jamoatchilik ishlaridagi faolligi, el orasida munosib obro’ qozonganligini e’tirof etishdi.

Shundan so’ng “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 50-moddasiga muvofiq Senat a’zoligiga saylov yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazildi.

Saylov yakunlari xulosasiga ko’ra xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi O’. Barnoev ko’pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Qo’shma majlis kun tartibida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

 

Orqaga Chop Etish  246 |   03-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

29-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation