Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Jurnalistlar anjumani
Jurnalistlar anjumani

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo’linmasi majlislar zalida O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida "Hayot haqiqatini aks ettirishda jurnalist pozitsiyasi: yutuq, tajribalar, istiqboldagi vazifalar" mavzuida seminar o’tkazildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati rahbari Akbar Rustamovning anjumanda "Ommaviy axborot vositalari—jamiyat ko’zgusi" mavzuida qilgan chiqishida mahalliy davriy nashrlar va televidenie kanallarining faoliyati xususida sharh berdi. "Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni" mavzui FJShMQMI hududiy bo’linmasi rahbari Jasur Boltaevning ma’ruzasida nazariy dalillar va aniq misollar vositasida bayon etildi.

O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Ibrohim Halimbekov seminarda so’zga chiqib, ushbu ijodiy uyushmaning mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari faoliyatini bugungi davr talablari darajasida tashkil etishdagi o’rni va roli, matbuot, radio va televidenie xodimlari oldida turgan vazifalar xususida atroflicha to’xtaldi.

* * *

O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limining shu kuni bo’lib o’tgan kengaytirilgan yig’ilishida tashkiliy masala ko’rildi. Unda "Buxoro sporti" gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Asadov mazkur ijodiy uyushma viloyat bo’limining raisi etib saylandi.

Orqaga Chop Etish  555 |   04-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 66
  • Ko`rib chiqilmagan: 27
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

23-10-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation