Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish vazifalari muhokama qilindi
Viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish vazifalari muhokama qilindi

Joriy yil 6 fevral kuni Buxoro viloyatida 2015 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalar bajarilishini ta’minlashga bag’ishlab 2016 yil 20 yanvardagi o’tkazilgan 2-son majlis bayoni ijrosini tashkil etish hamda joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari, shaharlar va tumanlar hokimlarining o’rinbosarlari, viloyat tashkilot va boshqarmalari hamda yirik sanoat korxonalari rahbarlari va viloyatga respublikadan biriktirilgan vazirlik, idora, xo’jalik birlashmalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Yig’ilishni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi M. Esanov olib bordi. Dastlab yig’ilish kun tartibidagi masalalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari  G’. Ibragimov ma’ruza qildi.

Unda bugun jahonda ro’y berayotgan murakkab iqtisodiy o’zgarishlar, mahsulotlar narxining beqarorligi, xalqaro bozordagi keskin nomutanosibliklar sharoitida mamlakatimizdagi barqaror o’sish sur’atlarini davom ettirish va yanada rivojlantirish, 2030 yilgacha mamlakat iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarini ikki barobarga oshirish uchun yangi manbalarni ishga solish, kichik biznes, turizm imkoniyatlaridan keng foydalanish, agrar sohada yangi texnologiyalar va mahsulot turlarini tatbiq etish  lozimligi xususida to’xtalib o’tildi.

Ayniqsa, 2016 yilda yangi 1885 ta loyihalarini amalga oshirilishi va ishga tushirilishi, subventsiyada turgan ayrim tumanlarni bosqichma bosqich subventsiyadan chiqarib borish masalari keng muhokama qilindi.

Yig’ilishda viloyat hokimligi iqtisodiyot boshqarmasi boshlig’i B.Maxsudov, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig’i H. To’raev, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo’limi boshqaruvchisi Sh. Mahmudov va boshqalar iqtisodiy ko’rsatkichlarga erisha olmayotgan korxonalarning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobtbardoshligini oshirish va eksportga yo’naltirish, mavjud turizm salohiyatidan unumli foydalangan holda sayyohlar uchun yangi xizmat turlari va sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobot berishdi.

Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda kuzatilgan muammolar tahliliga ham e’tibor qaratilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Bosh vazir o’rinbosari tomonidan bir qator vazirlik va idoralar, hududiy boshqarmalar rahbarlari oldiga boshlab yuborilgan tizimli demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo’jaligida chuqur tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishni davom ettirishga, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni ildam rivojlantirish va manfaatini himoyalashga, muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini, ijtimoiy sohani jadal rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar qo’yildi.

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, kichik biznes sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish bo’yicha vazifalar belgilandi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1135 |   11-02-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-09-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation