Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Matbuot anjumanlari /  Jurnalistlar bilan uchrashuv
Jurnalistlar bilan uchrashuv

20 fevral kuni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Muhiddin Esanov viloyat, tuman va shahar gazetalari, nodavlat davriy nashrlari, vohadagi teleradio kanallari rahbarlari, respublika ommaviy axborot vositalarining viloyatdagi muxbirlari bilan matbuot anjumani o’tkazdi.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2015 yilgi yakunlari va 2016 yilda amalga oshiriladigan vazifalar mavzuiga bag’ishlangan ushbu tadbir O’zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari doirasida tashkil etildi.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning "o’zbek modeli" nechog’li puxtaligi va hayotiyligini davrning o’zi ko’rsatib turibdi. Unga muvofiq iqtisodiyotda islohotlar amalga oshirilib, sohada katta yutuqlarga erishildi, mulkchilik tarkibi tubdan o’zgartirildi.

—Bugungi muvaffaqiyatlar, o’sish sur’atlarimiz xalqaro miqyosda ulkan qiziqish uyg’otayotir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, bosib o’tgan yo’limizga "Kim edigu, kim bo’ldik?" degan mezon bilan baho beradigan bo’lsak, yurtimiz nechog’lik yuksak marralarni egallagani va xalqimiz farovonlik darajasi oshganligini chuqur idrok etamiz,—dedi viloyat hokimi. — Don mustaqilligiga erishilganida buxorolik dehqonlarning hissasi katta bo’ldi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi respublikamiz yoqilg’i mustaqilligini ta’minlashda alohida ahamiyatga ega. Bugun O’zbekistonni jahon tanibgina qolmay, unga ishonchi yuksaldi. Xorijlik sarmoyadorlarning yurtimizga investitsiya kiritishga qiziqishining ortayotgani bejiz emas.

Joriy yilda birgina viloyatimizda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan, jami 3,5 trillion so’mlik kapital mablag’lar o’zlashtiriladi. Ana shu mablag’larning 2 trillion so’mligi xorijiy investitsiyalardir. Shu o’rinda viloyat rahbari "Lukoyl" kompaniyasi sarmoyasi va hamkorligida vohamizda gazni qayta ishlaydigan yirik zavod qurilayotganiga e’tiborni qaratdi. Bu korxona ishga tushgach, unda minglab kishilar mehnat qiladi.

2016 yilda viloyatda katta bunyodkorlik ishlari bajariladi. Ko’plab loyihalar amalga oshiriladi. Barcha sohalarda kabi qishloq xo’jaligida ham intensiv texnologiyalar joriy etiladi. Uning mahsulotini qayta ishlash va eksport qilish hajmlari ko’payadi.

Tadbirda M.Esanov OAV vakillari savollariga javob qaytarar ekan, viloyatda qishloq xo’jalik mahsulotlari hosildorligini ko’paytirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini ishga solish, shaharsozlik va yo’lsozlikni yanada rivojlantirish, gaz ta’minotini yaxshilash barobarida kommunal to’lovlardan qarzdorlikni bartaraf etish hamda boshqa masalalar to’g’risida ham to’xtaldi.

Uchrashuvda jurnalistlar amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun -mohiyatini, bunyodkorliklarni hozirjavoblik bilan yoritishlari, muammolarni dadil va xolisona ko’tarib chiqishlari, hayotdan bir qadam oldin yurishlari, buning uchun esa albatta, ishga mas’uliyat bilan yondashishlari, o’z kasbiy mahorati va professional darajasini oshirishlari uchun doimo izlanishlari, shuningdek, sohaga iste’dodli yoshlarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi.

Orqaga Chop Etish  758 |   25-02-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 39
  • Ko`rib chiqilmagan: 22
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

18-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation