Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  “Barkamol yoshlar – ko’p millatli O’zbekiston kelajagi!”
“Barkamol yoshlar – ko’p millatli O’zbekiston kelajagi!”

Joriy yil 22 yanvar kuni viloyat hokimligi tomonidan Buxoro turizm kasb-hunar kollejida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman va badiiy kecha ana shu mavzuga bag’ishlandi.

Yurtimizning barqaror taraqqiyoti, xavfsizligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo’lgan millatlararo totuvlik va hamjihatlik g’oyalarini mahalliy aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ’ib qilish, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarini xalqimiz farovonligi yo’lida jipsligini ta’minlash maqsadida o’tkazilgan tadbirda turli millatga mansub talaba va o’quvchi yoshlar, mahalla faollari, faxriylar, viloyatdagi milliy-madaniy markazlar vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbir avvalida Buxoro turizm kasb-hunar kolleji o’quvchilarining milliy hunarmandchilik, tikuvchilik, mehmonxona va turizm ishi, milliy dizayn san’ati yo’nalishlari bo’yicha ijodiy ishlari hamda rus, koreys, turkman, qozoq, nemis, tatar-boshqird milliy-madaniy markazlari bilan hamkorlikda tayyorlagan milliy taomlar ko’rgazmasi namoyish etildi. Ko’rgazmalar jarayonida milliy madaniy markazlarning faollari hamda o’quvchilar o’zlari tayyorlagan o’zbek va boshqa millatlarning milliy taomlari tayyorlanishini, tarixini hamda ular bilan bog’liq milliy an’analarni ko’rgazmali ravishda namoyish etdilar.

Anjuman dasturiga ko’ra, kollejning faollar zalida o’tkazilgan “Barkamol yoshlar-ko’pmillatli O’zbekiston kelajagi!” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda, dastlab, ma’ruzachilarning “Mustaqil O’zbekistonning taraqqiyot yo’li: millatlararo munosabatlar yo’nalishidagi oqilona siyosat”, “O’zbekiston yoshlari-hamjihatlik bilan yagona maqsad sari!”, “Uzbekistan-nash obhiy dom” mavzularidagi ilmiy ma’ruzalari tinglandi. Jumladan, anjumanda koreys, turkman milliy madaniy markazlarining vakillari barchamiz uchun Ona Vatan bo’lgan O’zbekistonda Prezdentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan oqilona siyosatning samarasi o’laroq turli millat va elat vakillarining yagona oila bo’lib, inoqlikda yashayotganligi, qolaversa, turli millat va elatlarning milliy an’ana va urf-odatlarini saqlab qolish va rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, ayniqsa, yoshlarga beqiyos e’tibor qaratilib, ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotganligini alohida ta’kidladilar.

Anjumanning badiiy va madaniy qismida mahalliy yoshlar tomonidan O’zbekistonni, Mustaqillikni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar ijro etildi. Shuningdek, ular tomonidan milliy dizaynlar asosida tayyorlangan kiyimlar namoyishi uyushtirildi.

Anjumanga taklif etilgan turli millatlarga mansub keksa yoshdagi faxriylar, mahalla faollari yoshlar bilan o’zaro suhbatlar jarayonida ularga dunyoning turli mintaqalarida millatlaro va dinlararo nizoli vaziyatlar ro’y berib turgan bugungi kunda ko’pmillatli xalqimizning bag’rikengligi, hamjihatligi va hamkorligi  mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikning asosiy omillaridan biri bo’lib xizmat qilayotganligini ta’kidladlab, O’zbekiston xalqiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni yoshlar orasida keng targ’ib qilishda ana shunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanligini e’tirof etdilar. 

Orqaga Chop Etish  1279 |   25-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation