Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Spartakiada – jismoniy mahorat ko’rigi
Spartakiada – jismoniy mahorat ko’rigi

Mamlakatimiz istiqlolining ilk yillaridan boshlab muhtaram Yurtboshimiz rahnamoliklarida sport ommaviyligini oshirish, aholi, ayniqsa yosh avlodni jismonan va ma’nan sog’lom bo’lib yetishishlarini ta’minlash borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida nafaqat markazlar, balki olis qishloq hududlarida ham zamonaviy, ko’rkam sport majmualari bunyod etilib, aholining jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanishlariga munosib sharoitlar yaratildi.

Buxoro shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xizmatchilari o’rtasida o’tkazilayotgan Respublika spartakiadasining mintaqaviy bosqichi ham soha vakillarining o’ziga xos jismoniy tayyorgarligi ko’rigi bo’ldi.

Soha xodimlarining sportga bo’lgan qiziqishini oshirish hamda ularning jismoniy salohiyati va tayyorgarligini yanada takomillashtirish, yoshlar o’rtasida vatanparvarlik g’oyalarini keng targ’ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi harbiy xizmatchilar sportning yengil atletika, suzish, o’q otish, voleybol, futzal va milliy kurash turlari bo’yicha o’zaro kuch sinashishdi.

Muhtasham “Buxoro” sport majmuasida o’tkazilgan spartakiada ochilish marosida so’zga chiqqan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi M. Esanov hamda boshqalar mazkur musobaqaning soha xodimlari o’zaro tajriba almashish, jismoniy imkoniyatlarini namoyish etish borasidagi o’rnini ta’kidlab, musobaqa ishi va ishtirokchilariga omad tilashdi.

  Aytish joizki, mazkur spartakiada soha xodimlarining nafaqat jismoniy tayyorgarliklari sinovi, balki, musobaqalar bo’lib o’tadigan “Buxoro”, “Humo”, “Yoshlik”, “Semurg’” majmualari, Olimpiya zaxiralari kolleji singari muhtasham sport inshootlari bilan yaqindan tanishish imkonini ham berdi.

Musobaqa g’oliblari ertaga 24 oktyabr kungi bahslarda aniqlanadi. Bu haqda keyingi maqolamizda yana ma’lumot beramiz.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  839 |   23-10-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-09-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation