Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Yurtim bayrog’i — qalbim ardog’i
Yurtim bayrog’i — qalbim ardog’i

Prezidentimiz Islom Karimov "Milliy timsollar va ramzlarning har biri milliy g’ururimizni yuksaltirishga xizmat qiladi. Ularning har biri katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasidir", deya ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, davlat ramzlari azal-azaldan xalqimizga xos shon-sharaf, jasorat, or-nomus timsoli bo’lib kelgan. Ular hamisha ozodlikka, hurlikka, birdamlikka chorlovchi qudratli kuch sifatida aziz va mo’’tabar sanalgan. Yurt bayrog’ini yovga bermay, yalovni mahkam ushlagancha jon bergan ulug’ bobokalonimiz Najmiddin Kubroning qahramonligi, matonati zamirida ham ayni shu omil yotibdi.

Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, eng avvalo, davlat ramzlari tasdiqlandi. Shu jumladan, 1991 yilning 18 noyabri "O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida"gi Qonun qabul qilingan kun sifatida tarixga kirdi. Mazkur qonunning 2- va 3-moddalarida esa Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti ramzi ekanligi, xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasining timsoli bo’lishi e’tirof etilgan. Darhaqiqat, moviy, oq, yashil ranglardan hamda qizil chiziqlardan iborat, oq rangli yangi oy va o’n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz tasviri aks etgan bayrog’imiz chorak asrga yaqin vaqtdan buyon jahonning eng nufuzli minbarlarida, xalqaro miqyosdagi turli madaniy tadbirlarda, ilmiy anjumanlarda, sport musobaqalarida mustaqil Vatanimiz ramzi sifatida tantanavor hilpirab turibdi.

Bu yil Davlat bayrog’imiz qabul qilinganiga roppa-rosa yigirma to’rt yil to’lmoqda. Aynan shu qutlug’ ayyom hamda 16 noyabr — Xalqaro bag’rikenglik kuni munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan yoshlarning ommaviy yurishi va madaniy-ma’rifiy tadbirlari uyushtirildi. "Yurtim bayrog’i — qalbim ardog’i" shiori ostida tashkillashtirilgan ushbu tadbirlarda siyosiy partiyalar, "Kamolot" YoIH viloyat kengashlari faollari, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari ishtirok etdilar. Dastlab yigit-qizlarning Buxoro shahri markaziy ko’chalari bo’ylab namoyishi o’tkazildi. Qo’shiq va musiqa sadolari ostida bayramona ruhda o’tgan mazkur ommaviy yurishda 3000 nafardan ziyod navqiron avlod vakillari qatnashdi.

—Bunday keng ko’lamli, o’ziga xos tadbirda ilk bor ishtirok etishim,—deydi Buxoro shahridagi 19-o’rta umumta’lim maktabi o’quvchisi Ferangiz Rahmiddinova.—Davlatimiz bayrog’ini bir saf bo’lib, qo’limizda mahkam tutgancha baland ko’tarish qalbimizda vatanparvarlik va faxr-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi. Shu bilan bir qatorda bu hol har birimizga ancha-muncha mas’uliyat ham yuklaydi.

Yoshlar kolonnalari kirib borgan "Xumo" sport majmuasida kontsert dasturi namoyish qilindi. Tadbir avvalida viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi Zarifjon Komilov so’z olib, bayrog’imiz tarixi, mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida to’xtaldi. Shundan so’ng viloyatimizning taniqli san’atkorlari va yosh sportchilar ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi musiqiy kompozitsiyalar hamda ko’rgazmali chiqishlar to’planganlar e’tiboriga havola etildi.

—Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni bir-biriga yanada jipslashtirib, ularning yagona bayroq ostida birlashishiga, bu bayroq zamirida "O’zbekiston" degan muqaddas nom yotganini yana ham teranroq anglashiga xizmat qiladi,—deydi viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari kotibiyati mudiri Botir Norboev.—Bugun shuningdek, Xalqaro bag’rikenglik kunini ham nishonlayapmiz. Shu orqali yurtimizda yashovchi turli millat va elatlar o’rtasida birdamlik rishtalari mustahkamlanyapti. Ommaviy namoyish va kontsert dasturi ishtirokchilari safida milliy-madaniy markazlar faollari hamda turli millatga mansub yoshlarning borligi ham yurtimizdagi tinchlik, do’stlik va totuvlikning o’ziga xos ifodasi bo’ldi.

Orqaga Chop Etish  1623 |   21-11-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation