Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Qorovulbozor tumani faollari bilan uchrashuv
Qorovulbozor tumani faollari bilan uchrashuv

Viloyat hokimi O’. Barnoev Qorovulbozor tumani faollari va tadbirkorlari bilan uchrashdi.

- Bugungi uchrashuvdan maqsad Siz bilan yuzma-yuz turgan holda hududning kelgusi rivojlanish yo’llarini birgalikda belgilab olishdir, - dedi viloyat rahbari tadbir avvalida. – To’g’ri, bugun tumanda ko’pgina sohalarda rivojlanish kuzatilmoqda. Ammo ular hududning mavjud imkoniyatlari, salohiyati darajasida emas.

Dastlab O’. Barnoev tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sifati, hudud rahbarlarining bu boradagi mas’uliyatiga e’tibor qaratdi. 

Ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etilganidan keyin o’tgan davr mobaynida tuman fuqarolaridan 88 ta murojaat kelib tushdi.

Ana shu murojaatlarning bor-yo’g’i 8 tasi ijobiy hal qilingan, xolos. Tuman rahbarlarining byurokratik qoliplardan chiqib, aholi bilan xizmat xonasida emas, balki quyi doiralarda uchrashuvlarni tashkil etishdagi faolligi sezilmayapti.

Tuman iqtisodiyoti ko’p jihatdan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hamda ushbu tizimdagi boshqa korxonalar faoliyatiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Holbuki, hududda kichik biznes va tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, bu orqali iqtisodiyotga qo’shimcha daromad, oilalarga esa yanada farovonlik olib kirish imkoni mavjud.

Tumandagi obodonchilik ishlari, qishloq xo’jaligi va sohalarni ham tanqidiy muhokama qilgan O’. Barnoev hududni rivojlantirish bo’yicha kelgusidagi rejalar bilan o’rtoqlashdi.

Qayd etilishicha, “Buxoro viloyatini 2017-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida 2017 yilda tumanda jami qiymati 16,0 milliard so’mlik 82 ta loyihalarning amalga oshirilishi evaziga 547 ta ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan.

Shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalari, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari, ichki yo’llar, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari qurilishi borasidagi ishlar ham tizimli davom ettiriladi.

Shundan so’ng viloyat rahbari hudud tadbirkorlari va aholisi bilan muloqot o’tkazib, ularni qiynatgan muammolarni hal etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda sun’iy to’siqlarni bartaraf qilish borasida mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlarni berdi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  604 |   23-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

16-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation