Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Viloyat idoralararo komissiyasining yig’ilishi
Viloyat idoralararo komissiyasining yig’ilishi

Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha viloyat hududiy idoralararo komissiyasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Uni viloyat hokimi, komissiya raisi Muhiddin Esanov boshqardi.

Tadbirda dastlab viloyat prokuraturasining odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha viloyat hududiy idoralararo komissiyasiga kiritgan taqdimnomasi muhokama etildi. Mazkur masala yuzasidan viloyat hokimligi apparatining guruh rahbari I. Mahmudovning axboroti tinglandi.

Ta’kidlandiki, viloyatda O’zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida"gi Qonuni va mamlakat Prezidenti tomonidan 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori ijrosini ta’minlashda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ammo shu bilan birga yuqorida tilga olingan huquqiy hujjatlar va Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi qarorlarining bajarilishi tahlili, shuningdek, viloyat, Shofirkon, Peshko’ va Buxoro tumanlari hududiy idoralararo komissiyalari faoliyati o’rganilishi shuni ko’rsatdiki, joylarda bir qator kamchiliklarga ham yo’l qo’yilmoqda. Masalan, hududiy komissiyalar faoliyati ustidan yetarli nazorat o’rnatilmagan va ular ishi o’z vaqtida muvofiqlashtirib borilmagan.

Yig’ilishda ana shu va boshqa nuqsonlarni tezda bartaraf etish, odam savdosi oldini olish, u bilan bog’liq jinoyat jabrdiydalarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ish bilan ta’minlash, aholi, jumladan yoshlar o’rtasida noqonuniy mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlarini keng tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Bunda targ’ibot tadbirlari samaradorligini oshirishda xotin-qizlar qo’mitalari, mahalla tizimi va "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hududiy kengashlari hamda ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish talab qilinadi.

Shuningdek, profilaktika ishlari natijadorligini, hududiy komissiyalar mas’uliyatini oshirish, mahalla fuqarolar yig’inlari mutasaddilari hamda militsiya tayanch punktlari inspektorlarining samarali hamkorligini ta’minlashga qaratilgan o’quv-seminarlari tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbirda odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha hududiy idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi vazifasini bajaruvchi N. Shomurodovning Vobkent va Qorovulbozor tumanlari tegishli komissiyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi axboroti hamda viloyat komissiyasi a’zosi, "Mahalla" jamoat fondi viloyat bo’limi raisi M. Toirovning fuqarolar o’zini o’zi boshqarish tizimida odam savdosiga qarshi kurashish borasida profilaktika tadbirlari ijrosi haqidagi hisoboti ting­landi.

Orqaga Chop Etish  492 |   04-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 66
  • Ko`rib chiqilmagan: 27
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

23-10-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation