Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Yil yakunlari muhokamasi
Yil yakunlari muhokamasi

Joriy yil 25 yanvar kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sesiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari  hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, shahar va tumanlar markazlarida tashkil etilgan studiyalar bilan videokonferensiya aloqasi orqali sessiya ishida ushbu hududlardagi mahalliy  hokimliklar va ular tarkibiga kiruvchi bo’limlar rahbar xodimlari, hududlar faollari va tadbirkorlar ishtirok etdilar

     Dastlab Buxoro viloyati hokimi O’. Barnoevning viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot berdi.

Ta’kidlanishicha, o’tgan 2016 yilda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha bir qator ijobiy natijalarga erishildi.

Bunga, ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qarorlari bilan yaratib berilgan imkoniyatlar viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim omil bo’ldi.

Natijada, hisobot davrida viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,9 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,3 foizni, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 7,0 foizni, qurilish ishlari hajmi 9,2 foizni, xizmatlar 15,2 foizni tashkil etdi.

- Iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog’liqdir, - dedi viloyat rahbari. - Ular yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi, balki amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Afsuski, bugun ochiq aytish kerak, ana shu vazifa uddalanmayapti.

Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va uning ijrosini ta’minlashga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti. Xususan, 2016 yil mobaynida viloyatning 13 ta shahar va tumanidan atigi 3 tasi (Buxoro shahar, Kogon, Vobkent tumanlari)da mahalliylashtirish dasturi asosida ishlar olib borilgan bo’lsa, qolgan 10 ta shahar va tumanlar tomonidan birorta ham mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirilmagan.

Shu bilan birga eksportdan farqli o’laroq, import puxta va sinchiklab prognoz qilinmagan.

Holbuki, o’tgan yil viloyat bo’yicha 30 ta nomdagi 462,7 million AQSh dollari qiymatidagi mahsulot chetdan import qilingan. Ushbu davrdagi eksport esa 352,3 million dollar yoki salbiy saldo 110,4 million dollarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, shahar va tumanlar hokimlarining tashabbussizligi bilan viloyatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, jumladan qo’shma korxonalar tashkil etish, tashkil etilganlarning esa faoliyat yuritishi va ishlab chiqargan maxsulotini eksport qilinishi o’ta qoniqarsiz ahvolda qolmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12 yanvardagi farmoniga muvofiq “G’ijduvon” erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishi viloyat iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.

Endilikda “G’ijduvon” erkin iqtisodiy zona faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, ularning hududida aniq loyihalarni amalga oshirish va ishga tushirishgacha bo’lgan doimiy ishlarni tashkil etish, 2017-2019 yillarda “G’ijduvon” erkin iqtisodiy zonada amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari bo’yicha takliflarni tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, erkin iqtisodiy zona hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, shu jumladan uzluksiz elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik  va texnik suv ta’minoti, temir yo’l va avtomobil yo’llarini qurishni nazarda tutuvchi jadal rivojlantirish dasturi bo’yicha takliflarni tayyorlash yuzasidan ishlarimizni jadallashtirish lozim.

O’z navbatida viloyat rahbari soliq-byudjet siyosati, subventsiya olayotgan ayrim hududlarning iqtisodiyotini barqarorlashtirish, bandlik dasturi ijrosi, davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish samaradorligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ushbu sub’ektlarga kredit va er ajratish, Investitsiya dasturi ob’ektlarini foydalanishga topshirish, yo’l qurilishi, kommunal soha, ichimlik suvi ta’minoti, qishloq xo’jaligi, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, tibbiy va ijtimoiy xizmat sifati va boshqa sohalarda amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil etish asnosida mazkur yo’nalishlarda kelgusida e’tibor qatatilishi lozim bo’lgan vazifalarni qayd etib o’tdi.

Viloyat rahbari o’z ma’ruzasida “2017 yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish, Xalq qabulxonalari faoliyati, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilish yuzasidan ham mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.  

Ushbu masala muhokamasida 6-Bahor saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi F. Aminov ishtirok etdi.

Sessiyada shuningdek, viloyatda qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to’g’risida viloyat prokurori vazifasini bajaruvchi O. Eshbakov axborot berdi.

  Ta’kidlanishicha, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2016 yil mobaynida hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoyalash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

  O’tgan yilda viloyatda qonunlarning ijrosi yuzasidan o’tkazilgan 1,5 mingga yaqin tekshirishlar natijasida 7379 ta prokuror nazorati hujjatlari qo’llanildi.

  Jumladan, 5089 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy javobgarlikka tortildi, 800 nafardan ziyod mansabdor shaxslar rasman ogohlantirildi. 2,5 mingdan ortiq qonunga zid bo’lgan hujjatlar protest asosida qonunga muvofiqlashtirildi. Qonunbuzilishini bartaraf etishga oid 1450 dan ziyod  taqdimnoma kiritildi.

  Sudlarga 473,3 million so’mlik zararlarni undirish bo’yicha 235 ta da’vo arizasi kiritildi. Qonunlarni jiddiy tarzda buzish holatlari yuzasidan 282 ta jinoyat ishi qo’zg’atildi.

  Bundan tashqari, prokuror tekshirishlari natijasida va jinoyat ishlari tergovi davomida etkazilgan zararlarni qoplash maqsadida aybdor shaxslardan jami 18,6 milliard so’m undirildi.

Shuningdek, notiq o’z so’zida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko’rsatish, “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida”gi Qonun, “Sog’lom ona va bola yili” davlat dasturi singari muhim hujjatlar ijrosini ta’minlash, aholi, ayniqsa, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining bandligini tashkil etish, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlar va to’siqlar oldini olish, voyaga etmaganlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ular o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishda tizim tomonidan amalga oshirilgan ishlarga to’xtalib, bu borada qonunbuzilishiga yo’l qo’ygan aybdor shaxslarga  qo’llanilgan jazo choralari xususida ma’lumot berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashi borasidagi faoliyati muvofiqlashtirilib, ular orasida o’zaro hamkorlik ta’minlanib kelinganligi natijasida viloyatda umumiy jinoyatchilik, shu jumladan og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar, voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar kamaydi. Ammo shunga qaramasdan, viloyat bo’yicha ayrim jinoyat turlari oshganligi ham ma’ruzada qayd etildi.

Ushbu masala muhokamasida qayd etilgan jinoyatchilik sabablari va uning ildiziga alohida e’tibor qaratilib, aholi tinchligi, osoyishtaligi, farovon yashashini ta’minlash har bir rahbarning burchi ekanligini ta’kidlandi hamda buning uchun avvalo jinoyatga olib boradigan sabab va omillarni bartaraf etish, xususan yangi ish o’rinlarini yaratish, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, aholining ijtimoiy himoyaga mansub qatlamlariga yordam ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantirish lozimligi alohida qayd etildi. 

Sessiya ishida Kengash vakolatiga oid boshqa masalalar ham muhokama etildi.

Sessiya kun tartibida muhokama etilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  216 |   26-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation