Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Ko’rgazmali o’quv-amaliy seminar
Ko’rgazmali o’quv-amaliy seminar

Viloyat hokimining joriy yil 15 yanvardagi farmoyishi asosida yaqinda "Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olish bo’yicha Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tuzilmalari tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida ko’rgazmali o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Tadbirni viloyat hokimi o’rinbosari—epidemiyaga qarshi kurashish bo’yicha viloyat favqulodda komissiyasi raisi M. Umarov olib bordi. Viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi, viloyat favqulodda vaziyatlar, sog’liqni saqlash, veterinariya, obodonlashtirish hamda ichki ishlar boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va boshqa tegishli xizmatlar hamkorligida tashkil etilgan seminar nazariy va amaliy qismlardan iborat bo’ldi.

Aholi salomatligiga rahna solishi mumkin bo’lgan noxush holatlarga qarshi kurashish, jumladan, daydi va qarovsiz hayvonlarni zararsizlantirish yoki yo’q qilish, bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni imkon qadar tez fursatda hal qilish masalalari tadbirning nazariy qismida atroflicha muhokama etildi. Joylarda it saqlash tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish, bu borada huquqbuzar fuqarolarga nisbatan tegishlicha choralar ko’rish, yovvoyi cho’l hayvonlari va itlarda uchraydigan xavfli va og’ir kasalliklardan biri—quturish xastaligi tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, aholi orasida targ’ibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, xonaki itlarni ro’yxatga olish, pasportizatsiya qilish, quturishga qarshi emlash va ular ustidan veterinariya nazoratini o’rnatish yuzasidan mutasaddilar fikr-mulohazalari tinglandi.

Seminar mashg’ulotining amaliy qismida esa dastlab shahar va tumanlardagi obodonlashtirish boshqarmalari huzurida tashkil qilingan it tutish guruhlari uchun mutaxassislar tomonidan mashg’ulotlar o’tkazildi.

Tadbirda it saqlash qoidasini buzgan fuqarolarga nisbatan qonuniy chora ko’rish, hayvonlar jasadlarini "Buxorovetsanchiqindi" zavodiga jo’natish tartibi haqida so’z yuritildi.

Orqaga Chop Etish  921 |   23-07-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 86
  • Ko`rib chiqilmagan: 47
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

25-06-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation