Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xizmatingiz uchun rahmat, Vatan o’g’lonlari!
Xizmatingiz uchun rahmat, Vatan o’g’lonlari!

"Buxoro" temir yo’l vokzalida muddatli harbiy xizmatni o’tab qaytgan buxorolik yigitlarni karnay va surnay sadolari ostida tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirzieyovning 2016 yil 21 dekabrda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o’tab bo’lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo’shatish to’g’risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Marosimda viloyat davlat hokimiyati organlari, harbiylar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari hozir bo’ldilar. Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.To’yeva, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig’i Sh.Musaev va boshqalar so’zga chiqdi.

Mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan tub islohotlar samarasida tobora takomillashib borayotgan O’zbekiston Qurolli Kuchlari xalqimiz barqaror tinchligi va osoyishtaligi, chegaralarimiz xavfsizligi hamda daxlsizligini ta’minlaydigan qudratli armiyaga, harbiy-vatanparvarlik maktabiga aylandi, uning safida xizmat qilish shon-sharaf ishi bo’lib qoldi, deb ta’kidlandi marosimda.

—Bugun biz, ota -onalar uchun katta bayram,—deydi baxtiyor volidalardan biri Bayram opa G’anieva.—Axir, farzandlarimiz Vatan oldidagi burchini sharaf bilan bajarib bag’rimizga qaytdi. O’g’lim Boburjon xizmatni o’tayotgan harbiy qismga uch marta bordim. Har gal komandirlari, o’g’lingizdan xursandmiz, deyishganda juda quvonganman, faxrlanganman. Bugun uydagilar "siz ovora bo’lmang, biz Boburjonni vokzalda o’zimiz kutib olamiz", deyishganda, ko’nmadim. Ishonchimizni oqlagan o’g’limga o’zim peshvoz chiqaman, dedim. E, ana,men tomonga, kelayotgan shu yigit azamatim, ko’zginamning oqu qarosi Boburjon bo’ladi.

Vatan oldidagi konstitutsion burchini o’tab qaytgan yigitlar bilan suhbatlashganingizda, ko’pchiligi mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 2012 yil 31 mayda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qaroriga muvofiq tavsiyanomaga ega ekanliklari haqida quvonib so’zlaydi.

— Men jangovar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikka oid test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib, harbiy qism komandirining tavsiyanomasini oldim. Bu menga oliy o’quv yurtiga o’qishga kirishda to’plash mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 27 foiz miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyozdan foydalanish huquqini beradi,—deydi yigitlardan biri Marat Jo’raev. — Bu orzuim —oliy harbiy bilim yurtiga o’qishga kirishimda yaxshi imkoniyatdir.

Marosimda harbiy xizmatdan qaytgan askarlarga gullar va badiiy kitoblar taqdim qilindi.

Orqaga Chop Etish  239 |   01-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation