Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Jongeldida ayyom shukuhi
Jongeldida ayyom shukuhi

Navro’zi olam viloyatimizning barcha go’shalari bo’ylab o’zgacha ruh, o’zgacha ko’tarinkilik bilan nishonlanmoqda. Odamlarning yuziyu ko’zida—shodlik, qalbida—farah. Tabiatda ham, kishilarning chehrasida, azmu shijoatida ham yasharish, yangilanish, yaratish ruhi hukmron. Viloyat hokimligi tomonidan vohamizning olis hududlaridan biri—Peshko’ tumanining "Jongeldi" qishloq fuqarolar yig’inida uyushtirilgan sayil chog’ida ayni shu holni ko’rish, kuzatish, his qilish mumkin edi.

Unda qatnashgan keksayu yosh, barcha bu yilgi ko’klam har galgidan-da qutli, barakali kelayotganini ta’kidlab, bayram nafasidan birgalikda bahra oldi. Darhaqiqat, bu yil bepoyon yaylovlar o’zgacha manzara kasb etmoqda. Bahor tashrifi ufqqa tutash sahroga ajib bir tarovat baxsh etyapti. Bu esa kishiga ayricha zavq-shavq bag’ishlaydi.

Ta’kidlash joizki, hududdagi 24-o’rta umumta’lim maktabida o’tgan uchrashuv sayilga debocha vazifasini o’tadi. Unda viloyat hokimi O’. Barnoev so’zga chiqib, to’planganlarni ko’klam ayyomi bilan samimiy qutladi. So’ng ta’lim dargohi o’quvchilariga bayramga to’yona sifatida sport kiyimlari sovg’a qilindi. Hududda yashovchi 25 nafar kam ta’minlangan fuqaroga esa oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. O’z navbatida viloyatimiz rahbari shu erlik nuroniylar bilan dildan suhbatlashdi.

Shuningdek, sayil davomida 100 chog’li chavandoz milliy o’yinlarimizdan biri—ko’pkarida kuch sinashdi. Keng maydonda alp yigitlarning epchillik, jasurlik bobidagi ushbu bellashuvi ham barchada katta qiziqish uyg’otdi. O’z-o’zidan tantanaga osh va halisa sayli ulanib ketdi.

Doshqozonlarda shifobaxsh va lazzatli taomlar pishirildi. To’kin-sochinlikning, farovon hayotimizning ramzi o’laroq uyushtirilgan bu sayillarda xalqimizga xos azaliy qadriyatlar—mehmonnavozlik, mehr-oqibat, ahillik, millatlararo totuvlikni ko’rish mumkin edi.

Bundan tashqari, xushovoz xonandalar ijrosida ona diyorimiz, uning tabiati, Navro’z ayyomi, do’stlik tarannum etilgan kuy-qo’shiqlar jongeldiliklarda katta taassurot qoldirdi.

—Bu yilgi ko’klam ham qator yangiliklar, quvonchli voqealar bois yodimizda qoladigan bo’ldi,—deydi asosan qozoq millatiga mansub 1300 nafar kishi yashaydigan mazkur qishloq fuqarolar yig’ini raisi Muhammed Kamolov.—Chunonchi, hududimizdagi uchta o’quv muassasasidan ikkitasi—25- hamda 27-o’rta maktablarni ta’mirlash bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bundan tashqari, ayyom oldi bu erga zarur texnik jihozlar keltirilib, aholining ilgarigidek bitta emas, naq o’n oltita telekanalni tomosha qilishi uchun shart-sharoit yaratildi. Endilikda O’zbekiston televideniesining barcha kanallarini ko’rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan o’z vaqtida xabardor bo’lib borish imkoniga egamiz.

Bu hududda qorako’lchilikka ixtisoslashgan "Jongeldi" shirkat xo’jaligi samarali faoliyat ko’rsatyapti. Xo’jalik cho’pon-cho’liqlari qishki mavsumni ko’ngildagidek o’tkazib, bo’lg’usi yutuqlarga zamin qo’ydilar.Bugun-erta qo’zilatish mavsumi boshlanadi. Yam-yashil yaylovlar qo’y-qo’ziga to’ladi. Yilimiz qut-barakali bo’ladi. Jongeldida Navro’z odamlar ko’ngliga ana shunday yorug’ umidlar, ishonch olib keldi.

Orqaga Chop Etish  1907 |   22-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 91
  • Ko`rib chiqilmagan: 52
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-11-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation