Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  An’anaviy Qovun va asal sayli yakunlandi
An’anaviy Qovun va asal sayli yakunlandi

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat markaziy madaniy va istirohat bog’ida joriy yilning 11-14 avgust kunlari "Tabarruk zamin saxovati" XX an’anaviy Qovun va asal sayli bo’lib o’tdi.

—Buxoro azaldan shirin qovunlari bilan mashhur bo’lgan, —deydi "Nuroniy" jamg’armasi viloyat bo’limi raisi Yusuf Qurbonov.—Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida o’tkazilgan islohotlar samarasi o’laroq polizchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Qovun va asal sayli tadbiri bu boradagi o’zgarishlarning o’ziga xos ko’zgusi, desak mubolag’a bo’lmaydi. 161 ta fermer xo’jaligi ishtirok etgan tadbir viloyat zamini saxovatining kengayib borayotgan imkoniyatlarini ko’z-ko’z etdi. Yarmarkada har yilgidan ko’p — 1520 tonnadan ziyod qovun va tarvuz savdoga chiqarildi.

Sayl kunlari bu yerga ko’plab shaharliklar va chet ellik mehmonlar ham tashrif buyurishdi.

Tadbir yakunida sohada yaxshi natijalarga erishganlar munosib e’tirof etildi.

Buxoro tumanidagi "Madaniyat Muhammad bog’i" (rahbari M. Ahmedov) fermer xo’jaligi jamoasi bir necha yildan buyon polizchilikda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.Omilkorlik bilan ish tutgan holda qovundan yuqori hosil olishayapti. Shuning uchun mazkur jamoa fermer xo’jaliklari orasida g’olib deb topilib, yuk tashish mototsikli bilan taqdirlandi.

Jondor tumanidan "Elmurod Do’stmurod Shahriyor" (rahbari D. Boymurodov), Peshko’ tumanidan "Xastanapur" fermer xo’jaligi (rahbari J. Mahmudov), Shofirkon tumanidan "Azim Latif Shofirkon Yulduzi" (rahbari A. Latipov) ikkinchi o’ringa munosib topildi. Romitan tumanidan "Do’rman zamin saxovati" (rahbari Sh. Hamidov), Qorako’l tumanidagi "To’ra Polvon" (rahbari B.To’raev), G’ijduvon tumanidan "Jamshidjon G’olib Oltin Dalasi" fermer xo’jaliklari (rahbari M.Ergashev) uchinchi o’rinni egallashdi.

Saylda faol, namunali ishtirok etgan Buxoro va Peshko’ tumanlari polizchilari munosib e’tirof etilib, muzlatgich bilan taqdirlandi.

Shuni ham qayd etish lozimki, hakamlar hay’ati tomonidan tumanlar o’rtasida g’oliblikka munosib ko’rilayotgan Kogon tumani polizchilari 13 avgust kuni muddatidan oldin o’zboshimchalik bilan yarmarkani tark etishdi. Shu sabab tuman, shuningdek, "Arbob G’aybullo" va "Yunusobod" fermer xo’jaliklari sovrindorlar safidan chiqarildi.

Asalchilik yo’nalishi bo’yicha Peshko’ tumanidan Istam Quljonov birinchi, Qorako’l tumanidan Zarif Qodirov ikkinchi, G’ijduvon tumanidan Jasur Qurbonov uchinchi o’rinni egalladi.

Orqaga Chop Etish  1113 |   19-08-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-09-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation