Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Qonunlar loyihasi muhokamasi
Qonunlar loyihasi muhokamasi

Mamlakatimizda qonun ijodkorligi yildan yil takomillashib bormoqda. Shu nuqtai nazardan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar tomonidan tegishli soha mutaxassislari hamda mas’ullar ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senatga taqdim etilgan qonunlarni yalpi majlisda ko’rib chiqilishidan oldin, ularda hududiy manfaatlar hisobga olinganligini o’rganish yuzasidan joylarda muhokama qilish tajribasi mazkur muhim huquqiy hujjatlarning ijro mexanizmini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yaqinda viloyat hokimligida hududdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, veterinariya va farmatsevtika sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari ishtirokida o’tkazilgan  “Veterinariya to’g’risida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi  O’zbekiston Respublikasi Qonunlari loyihalari muhokamasida aynan ushbu maqsadlar ilgari surildi.

O’zbekiston Respublikasining "Veterinariya to’grisida"gi Qonuni 1993 yilning 3 sentyabrida qabul qilingan bo’lib, u inson va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan kasalliklardan aholini himoya qilish, boshqa davlatlardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishining oldini olish, yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish masalalarida veterinariyaning izchil rivojlanishiga yordam berdi. Qonunning yangi tahririda esa   veterinariya xizmatining boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlik mexanizmi, sohada qo’llaniladigan dori vositalarini ishlab chikarish va ulardan foydalanishni tartibga solish me’yorlari, ushbu sohada nazorat tizimi va boshqa qator yangi tushuncha va tamoyillar kiritilgan.

Ushbu sohada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishlok va suv xo’jaligi vazirligi xuzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi xamda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini, shuningdek veterinariya masalalarini hal qilishda fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fukarolarning ishtirokini belgilovchi moddalar mavjud.

Qonun loyihasida veterinariya barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan bir qator yangi moddalar kiritilgan.

Jumladan, profilaktika, diagnostika va davolash tadbirlari (22-modda), veterinariya sohasida laboratoriya sinovlari (23-modda), veterinariya dori vositalari va ozusa so’shimchalarining muomalada bo’lishiga talablar (24-modda), hayvonlarni so’yishda veterinariya talablari (25-modda) singari o’nga yaqin moddalar shular jumlasidandir.

Qonun loyihasini ishlab chiqishda jarayonida xalqaro amaliyot tajribasi ham hisobga olindi.

Shuningdek, Senatning navbatdagi yalpi majlisi muhokamasiga “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni ham kiritilgan.

 “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi Qonunning amaldagi tahriri qabul qilingan davrga nisbatan karaladigan bo’lsa, o’sha vaqtda respublikamizda farmatsevtika sanoati mavjud bo’lmagan. Eski dori ta’minoti tizimi ishlamayotgan, yangisi esa xali oyoqqa turib ulgurmagan edi. Bunga mutasaddi bo’lgan davlat organlari oldida qator muammolarni hal qilish vazifasi turardi.

Qonunning amaldagi tahriri qabul qilinganligiga 17 yildan ko’proq vaqt o’tgan bo’lib, uning ko’pgina normalari eskirgan va bugungi kun talabiga mos kelmaydi. Shuningdek, amaldagi tahrirda dori vositalari va tibbiy buyumlarning tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga oid ayrim normalar o’z aksini to’liq topmagan.

Shu bois ham Qonun loyihasini tayyorlashda bugungi kunda dori vositalari va farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtirishda alohida dolzarblikni namoyon qilayotgan vazifalarni aniqlashda xalqaro standartlar va rivojlangan mamlakatlar tajribasi inobatga olingan.

Unda dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni (dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqish, klinikaoldi tadqiqotlari, klinik tadqiqotlar, ekspertiza, davlat ro’yxatidan o’tkazish, standartlashtirish, sifat nazorati, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, olib kirish, olib chiqish, reklama qilish, berish, realizatsiya qilish, qo’llash, yo’q qilish) tartibga solish nazarda tutiladi.

Muhokamada so’zga chiqqan viloyat Davlat veterinariya boshqarmasi boshlig’i Olim Jo’raev, viloyat “Dori-darmon” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo’lim boshlig’i Sohib Mahmudov va boshqalar yangi qonunlarning bugungi hayotimizga mosligi, ularning tegishli sohalar tadrijiy taraqqiyotini ta’minlashdagi o’rni xususida yuqoridagi fikrlarni bildirdilar.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  939 |   22-10-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 91
  • Ko`rib chiqilmagan: 52
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-11-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation