Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Yangi davolash majmuasi
Yangi davolash majmuasi

Viloyat bolalar ko’ptarmoqli tibbiyot markazida 100 o’rinli davolash majmuasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Investitsiya dasturi doirasida umumiy loyiha-smeta qiymati 3 milliard 612 million so’mlik bo’lgan ushbu ob’ekt "20-trest" mas’uliyati cheklangan jamiyatining Olot tumanidagi 1-vakilligi quruvchilari tomonidan bunyod etildi.

Binoning foydalanishga topshirilishiga bag’ishlab bu yerda o’tkazilgan marosimda viloyat hokimi Muhiddin Esanov so’zga chiqdi.

Ta’kidlandiki, Prezidentimiz rahnamoligida sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish va takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini tobora mustahkamlashga katta e’tibor qaratilayotir. Buning natijasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati va samaradorligi oshib boryapti.

Viloyat bolalar ko’ptarmoqli tibbiyot markazidagi uch qavatli bino tufayli yangi tug’ilgan chaqaloqlar, otolaringologiya, yuz-jag’ xirurgiyasi, kardiorevmatologiya, pulmonologiya, erta yoshdagi bolalar patologiyasi bo’limlari qulay sharoitlarda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlariga ega bo’ldi. Keng, shinam xonalar zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangani shifokorlarga davolashning ilg’or texnologiyalarini qo’llash, bemorlarga malakali xizmat ko’rsatish imkonini yaratadi.

Yangi majmua Investitsiya dasturiga muvofiq markaz moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalarining davomi bo’ldi. Bu yerda keyingi yillarda reanimatsiya, jarrohlik bloki, 100 qatnovga mo’ljallangan maslahat poliklinikasi uchun yangi binolar qurildi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish dasturiga ko’ra reanimatsiya bo’limi 247,8 ming evro qiymatidagi 13 turdagi eng zamonaviy tibbiyot uskuna va apparatlari bilan jihozlandi.

—Yaratilgan qulayliklar va vrachlarimizning Toshkent hamda xorijdagi nufuzli ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida malakasini oshirgani tufayli davolashda yuqori samaradorlikka erishilmoqda,— deydi viloyat bolalar ko’ptarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachining davolash ishlari bo’yicha o’rinbosari Nodira Burhonova.— Bizda zamonaviy davolash usullari keng qo’llanilmoqda. Masalan, ilgari poytaxtda amalga oshirilgan tug’ma nuqsonli bolalarni plastik jarrohlik yo’li bilan davolash, oshqozon-ichak va siydik-tanosil a’zolarini operatsiya qilish endilikda o’zimizda bajarilayotir. Bu yerda nafaqat respublikamiz qator viloyatlari, balki qo’shni mamlakatlardan murojaat qilayotgan fuqarolar ham davolanishyapti.

Ona-bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida keyingi yillarda viloyatda bolalar o’limi keskin kamaydi. Chuqur tibbiy ko’riklarda kasallikni erta aniqlash va davolash tadbirlari natijasida sog’lom bolalar ko’rsatkichi yaxshilanib bormoqda. Bunda tuman va shaharlardagi shifoxonalar bolalar bo’limlari uchun tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam ko’rsatish vazifasini bajarayotgan viloyat bolalar ko’ptarmoqli tibbiyot markazining ham munosib hissasi bor.

Orqaga Chop Etish  1123 |   26-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 86
  • Ko`rib chiqilmagan: 47
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

18-06-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation