Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Fuqarolik pasportlari topshirildi
Fuqarolik pasportlari topshirildi

Fuqarolik davlat tomonidan barcha shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarni ta’minlashning asosi hisoblanadi.

Fuqarolik shunchaki muayyan davlatga mansublik belgisi emas, balki uning o’sha davlat himoyasi ostida ekanligini anglatuvchi, huquqlari kafolatini ta’minlovchi maqomdir.

O’zbekiston konstitutsiyaviy normalarni hayotga tatbiq etish doirasida Respublika hududi va uning tashqarisida o’z fuqarolarining huquqiy himoyasi va muhofazasini ta’minlaydi.

“O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonun kuchga kirgan vaqtgacha turli ob’ektiv va boshqa hayotiy vaziyatlarga ko’ra chet elda bo’lgan qator vatandoshlarimiz fuqarolik maqomidan bebahra qolishgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to’g’risida”gi farmoni asosida bir qator yurtdoshlarimizning fuqarolik berish to’g’risidagi murojaatlari qondirildi.

 Ushbu farmonga binoan yurtimizdagi 179 nafar baxtiyor insonlar singari 26 nafar viloyatimiz vakillari ham O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi unvoniga sazovor bo’ldilar.

Viloyat hokimligida ushbu shaxslarga fuqarolikni tasdiqlovchi pasportlarni taqdim etish marosimi bo’lib o’tdi.

- Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, uning manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan, - dedi viloyat hokimi O’. Barnoev tadbir avvalida. – Muhtaram Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to’g’risida”gi farmoni esa bu boradagi ishlarning yangi bosqichga ko’tarilganligi amaliy ifodasidir. Mamlakat tarixidagi o’ziga xos yangilik, tarixiy hujjat hisoblangan ushbu farmon O’zbekiston fuqaroligini olish istagida bo’lgan vatandoshlarimizning azaliy orzularini ro’yobga chiqardi. Nafaqat ularning o’zlari balki oila a’zolariga ham cheksiz quvonch baxsh etdi. Negaki, bugun fuqarolik baxtiga erishgan Vatandoshlarimiz yuraklaridagi bir kemtik to’ldirildi. Endi ular yurtimizdagi barcha fuqarolar singari teng huquqqa ega bo’lishdi.  

Shundan so’ng viloyat rahbari marosimda to’planganlarni qutlab, jonajon mamlakatimiz shuћrati va qudratini oshirish, xalq farovonligini yaxshilash yo’lidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Ularga fuqarolik pasportlarini topshirdi.  

- Bugun men benihoya baxtiyorman, - deydi tadbir ishtirokchilaridan biri Maqsud Tairov. - Hamisha yuragimda “mamlakatimiz fuqaroligini olarmikanman” degan hadik pinhon edi. To’g’ri o’tgan yillar davomida o’zimni hech kimdan kam his etganim yo’q. Yurtimizdagi barcha fuqarolar singari teng huquqli hayot kechirdim. O’zim, oilam – shifokormiz. O’tgan yili ayolim “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangandi. O’g’lim esa “Yurt kelajagi” respublika tanlovida sovrindor bo’ldi. Demoqchimanki turmushimiz, yashashimizda hech qanday kamchiligimiz yo’q. Bugun esa baxtim yanada butun bo’ldi. Buning uchun muhtaram Prezidentimizga o’z minnatdorchiligimni izhor etaman hamda u kishiga sodiq fuqaro bo’lib yurt ravnaqini yanada oshirish yo’lida bar kuchim va imkoniyatimni sarflashga va’da beraman.  

Akbar Rustamov

Orqaga Chop Etish  117 |   18-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation