Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi
Xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi

Buxoro tumanida xotin-qizlarni ishga joylashtirish bo’yicha mehnat yarmarkasi o’tkazildi.

Viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo’mitasi hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda ushbu tuman hamda unga chegaradosh Vobkent va Romitan tumanlarida istiqomat qilayotgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, shuningdek, ish bilan band bo’lmagan aholi vakillari ham ishtirok etdi.

Yarmarkada 62 ta korxona, tashkilot va muassasa 283 ta bo’sh ish o’rni bilan qatnashdi. Bu yerda taklif etilganlarga mutaxassisliklar va yaratilgan sharoitlar haqida keng ma’lumotlar berilishi yollanuvchilarga o’z qobiliyat va qiziqishlari bo’yicha ish topishlarida qo’l keldi.

—Mamlakatimizda yoshlarning qonunchilikda belgilab qo’yilgan erkin mehnat qilish huquqidan foydalanishlari uchun keng qulayliklar yaratilgan. Shulardan biri hisoblangan mehnat yarmarkasiga kelib, ishli bo’ldim,—deydi Buxoro san’at kolleji bitiruvchisi, Romitan ­tumanilik Shohsanam Ne’matova.—Yarmarkada yashash jo­yimga yaqin 12-bolalar musiqa va san’at maktabiga xoreografiya bo’yicha o’qituvchilik vazifasiga yo’llanma oldim.

Umuman, mehnat yarmarkasiga tashrif buyurganlarning 44 nafari egallagan ixtisosligi yoki malakasiga mos ish topdi. O’nlab yoshlar esa shartnoma asosida mavsumiy mehnatga jalb etiladigan bo’ldi. Shuningdek, 250 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Darvoqe, Jondor tumanida ham ana shunday yarmarka tashkil etildi.

Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i Botir Qurbonovning ­aytishicha, viloyatda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning o’tgan davrida ular uchun tijorat banklarining kichik firmalar va korxonalarga ajratgan mikrokreditlari hisobiga 27664 ta ish o’rni yaratildi. Bundan tashqari o’tkazilgan 113 ta mehnat ­yarmarkasi orqali 2260 ­nafardan ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Ularning aksariyati yoshlardir.

Orqaga Chop Etish  1157 |   20-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 86
  • Ko`rib chiqilmagan: 47
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

25-06-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation