Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Kun tartibida: fuqaro muhofazasi
Kun tartibida: fuqaro muhofazasi

Viloyatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tuzilmalarining aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorgarlik holatini kompleks tekshiruvdan o’tkazish va amaliy yordam ko’rsatish jarayoni davom etmoqda.

Viloyat hokimligida respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullaridan tarkib topgan komissiya a’zolari, respublikamizdagi vazirlik va yuqori idoralardan tashrif buyurgan mutaxassislar, shuningdek, viloyat favqulodda holatlar davlat tizimi hududiy quyi tuzilma boshqaruv organlari, korxona va tashkilotlar mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ana shu masalaga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Uni viloyat hokimining o’rinbosari F. Ataev olib bordi.

Ta’kidlandiki, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri—Fuqaro muhofazasi boshlig’ining joriy yil 5 yanvardagi "Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha 2015 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yakuni va 2016 yildagi vazifalar to’g’risida"gi buyrug’i, viloyat hokimining shu yil 15 yanvardagi farmoyishi asosida tashkil qilingan fuqaro muhofazasiga doir kompleks tekshiruv yuqori darajada o’tkazilishi, jarayonda har bir korxona, tashkilot va muassasa hamda mehnat jamoasida favqulodda holatlar oldini olish, fuqaro muhofazasiga alohida e’tibor kuchaytirilishi, bu borada tegishli me’yoriy hujjatlar yuritilishi shart va zarurdir.

Yig’ilishda kompleks tekshiruv jarayonida aniqlangan nuqson va kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha amaliy yordam ko’rsatish hamda axborot almashinuvi masalasiga alohida e’tibor qaratildi

 

Orqaga Chop Etish  757 |   15-08-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 66
  • Ko`rib chiqilmagan: 27
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

23-10-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation