Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Kelishuvning katta samarasi
Kelishuvning katta samarasi

Ma’lumki, viloyat hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamda O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2013-2015 yillar uchun hududiy kelishuv tuzilgan. Yaqinda tomonlarning qo’shma yig’ilishida mazkur kelishuv bandlarining 2014 yilda bajarilishi yakunlari muhokama etildi. Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi G’ulom SAFAROV ushbu kelishuv doirasida mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida bultur amalga oshirilgan ishlar va bu yilgi vazifalar xususida suhbatlashdi.

—Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, viloyat hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning sa’y-harakati, xo’jalik sub’ektlari va tadbirkorlik tuzilmalarining amaliy ishlari natijasida voha iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, etakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, innovatsion g’oyalarni hayotga tatbiq etish borasidagi keng ko’lamli chora-tadbirlar ro’yobga chiqarilib, iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi,—deya gap boshladi G’. Safarov.—Buning natijasida 2014 yil yakunlariga ko’ra viloyatda yalpi hududiy mahsulot 108,2 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 107,6 foiz, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 110,9 foiz, qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish 106,8 foiz, chakana tovar aylanmasi hajmi 114,5 foizga o’sib, yil boshida belgilangan barcha prognoz ko’rsatkichlari ortig’i bilan uddalandi.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturi doirasida 1540 ta loyiha amalga oshirilib, 10913 ta ish o’rni yaratilishiga erishildi. Ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish, kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirishga e’tibor oshirildi. Natijada viloyat yalpi hududiy mahsulotida kichik biznes sub’ektlarining ulushi 67,0 foizgacha ko’paydi.

—Xo’sh, ana shu yutuqlarga erishishda, avvalo ishlab chiqarishda band bo’lganlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, mehnatiga haq to’lash, daromadlari va turmush darajasini yuksaltirishda viloyat kasaba uyushmalarining hissasi qanday bo’lmoqda?

—Kasaba uyushmalari mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni, maoshlarning o’z vaqtida to’lanishini ta’minlashni, ishchi xodimlar mehnatini muhofaza qilishni o’zlarining asosiy vazifalari deb belgilaganlar. 2014 yilda tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan ish haqi o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun ish beruvchining javobgarligi masalasi 15 ta jamoa kelishuviga va 6189 ta jamoa shartnomasiga kiritildi. Buning natijasida viloyatda ish haqidan muddati o’tgan qarzdorlikni bartaraf etish borasida kasaba uyushmalari organlari tomonidan ish beruvchilarga 8 marta, sudga 1 marta murojaat qilinib, jami 7 milliard 325 million so’mlik o’z vaqtida to’lanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar undirildi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo’limi mutaxassislari tomonidan manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida"gi Qonuni talablariga rioya qilinishi, ishlab chiqarishdagi shart-sharoitlarni yaxshilash masalalariga e’tibor oshirildi. Shahar va tumanlardagi 164 ta korxona va tashkilotda ushbu masalalar o’rganilib chiqildi hamda 1712 ta aniqlangan kamchilikni bartaraf etish bo’yicha yuridik sub’ektlar rahbarlariga 102 ta taqdimnoma kiritilib, nuqsonlarni tugatish choralari ko’rildi.

O’zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida"gi Qonuni talablarining bajarilishi ustidan jamoat nazorati kuchaytirildi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sug’urta qilmagan 29 ta korxona va tashkilotga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 492-moddasi talabi asosida 20,2 million so’m miqdorida jarima qo’llanilib, undirib olindi.

—Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini, xususan yosh bolali onalarni ijtimoiy himoyalash, navqiron avlodni sog’lomlashtirish borasida qanday chora-tadbirlar ko’rildi?

—Kelishuv doirasida 2 yoshgacha bolalari bo’lgan, ishlamaydigan onalarga mahalliy byudjetdan 39,3 milliard so’m, 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa berish, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish, yakka-yolg’iz qariyalarga oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish uchun 20,5 milliard so’mdan ortiq mablag’ ajratildi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 20366 nafari kuzgi-qishki kiyim-bosh bilan ta’minlandi. Kasaba uyushmalari tashkilotlari viloyat bir-lashmasi viloyat hokimligi bilan hamkorlikda qabul qilingan qo’shma qarorga muvofiq o’quvchilarning yozgi ta’tili mavsumida 17 ming nafardan ziyod o’g’il-qiz shahar tashqarisidagi va maktablar qoshidagi oromgohlarda sog’lomlashtirildi. "Sog’lom bola yili" hududiy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha manbalar hisobidan 960,4 milliard so’m mablag’ning sarflangani navqiron avlodga g’amxo’rlik ko’rsatish viloyatdagi hamma davlat va nodavlat tashkilotlarining e’tiborida bo’lganidan dalolatdir.

Ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish masalalari tomonlarning diqqat markazida bo’ldi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti hamda ish beruvchi o’rtasida jamoa shartnomalarini tuzish ishlari amalga oshirilib, viloyatdagi kasaba uyushmalari a’zolari mehnatidan foydalanuvchi yuridik shaxslarning 6189 tasi yoki 97,6 foizi jamoa-shartnomaviy munosabatlar bilan qamrab olindi.

Ayni chog’da viloyat hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi o’rtasida tuzilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid kelishuvning so’nggi bosqichi—Keksalarni e’zozlash yili uchun belgilangan vazifalari izchillik bilan bajarilmoqda. Joriy yilda kelishuv ishtirokchilarining asosiy sa’y-harakatlari keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda qariyalarning rolini mustahkamlash vazifalari ijrosiga qaratilmoqda.

Hududiy kelishuv tomonlari ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish maqsadida "Keksalarni e’zozlash yili" viloyat dasturida belgilangan vazifalarni to’la-to’kis bajarish uchun unda belgilangan xayrli ishlarni amalga oshirishga viloyat xotin-qizlar qo’mitasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Nuroniy" jamg’armasi viloyat bo’limlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakat viloyat kengashi va boshqa qator nodavlat notijorat tashkilotlarni ham jalb etganmiz. Zero, birgalikdagi, hamkorlikdagi ishlar doimo samarali bo’ladi.

Orqaga Chop Etish  1184 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation