Umumiy ma’lumot. Jondor tumani 1991 yil 28 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy sharqdan Buxoro tumani, janubiy g`arbdan Qorako`l tumani bilan, janubdan Olot va Peshko` tumanlari bilan, shimoliy g`arbdan esa Romitan tumani bilan chegaradosh. Markazi -Jondor shaharchasi.
Tumanda 9 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 13 ta qishloq fuqarolar yig`inlari (Samonchuq, Xumdonak, Po`loti, Xumin, Qaroli, Sepatta, Navrabot, Aleli, Oxshix, Romish, Lolo, Dalmun, Mirzayon), 37 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud.
Tabiati. Jondor tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 31,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 115-125 kun. Yiliga o`rtacha 190 mm. yog`in tushadi.
Aholisi 152,0 ming kishi, asosan o`zbeklar, tojiklar va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 29,7 kishi to`g`ri keladi.
Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba
- Jami murojaatlar: 57
- Ko`rib chiqilmagan: 18
- Ko`rib chiqilmoqda: 7
- Ko`rib chiqilgan: 32
26-04-2018
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev | Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Viloyat prokurori B.B.Valiev | Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev | Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta