Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Viloyat boshqarmalari /  Buxoro viloyat hokimligi Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi
Buxoro viloyat hokimligi Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

Rahbar:
Jo`rayev Idiboy Homidovich

Telefon raqamlari:
223-23-83

Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, I.Mo'minov ko'chasi, 1-uy

Transport:
437, 11 avtobuslar

E-mail manzili:
info@mineconomy.uz

Website:
http://mineconomy.uz/uz/node/345

Batafsil ma'lumotlar: 

Bosh boshqarmaning vazifalari:

  • Hudud va tarmoqlar iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, darajasini kompleks tahlil qilishdan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar rivojining yo‘nalishlarini o‘rganishdan, hudud iqtisodiyotidagi va tarmoqlardagi nomutanosibliklarning ta’sirini o‘rganishdan, ularni bartaraf qilish yo‘llarini asoslab berish
  • Hudud iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologiya jihatidan qayta jihozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, resurslarni tejash imkonini beradigan texnoligiyani joriy qilish dasturlarini yaratish
  • Hududni kompleks rivojlantirish imkonini beradigan qisqa va o‘rta muddatli sarmoya dasturlarini ishlab chiqishga doir ishlarini muvofiqlashtirish
  • Hudud aholisini ish bilan ta’minlash, iste’mol bozorini mahsulot va xizmat turlari bilan  to‘ldirish asosida aholining turmush darajasini ko‘tarishning yo‘nalish va aniq yo‘llarini belgilash
  • Iqtisodiy va ijtimoiy sohada ro‘y berayotgan jarayonlarni tahlil qilish usullarini takomillashtirish

Bosh boshqarmaning asosiy funktsiyalari:

  • Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tuman va shaharlar tarmoqlar bo‘yicha tabiiy, ma’dan hom-ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat resurslari imkoniyatidan samarali foydalanish imkonini beradigan qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz hamda dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi
  • Hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini kompleks tahlil qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘llarini belgilaydi, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf qilish yo‘llarini asoslab beradi, hudud iqtisodiyotining ahvoli haqida yillik va chorak yillik ma’ruzalar tayyorlaydi, shuningdek hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va isloh qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, iqtisodiyot vazirligi, viloyat hokimi tomonidan qabul qilingan qarorlar nazoratga olinib, monitoring qilinishini ta’minlaydi
  • Davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ijrosini muvofiqlashtiradi, qurilishlarning tegishli aniq ro‘yxatlarini moslashtiradi, chet el sarmoyasini jalb qilishga doir loyihalarni amalga oshirishda qatnashadi
  • Qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan demografik prognozlarni ishlab chiqadi, ijtimoiy siyosatni, ish o‘rinlari yaratish, aholini ish bilan ta’minlash, aholining daromadini va xarid imkoniyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, aholining ayrim qatlamlarini muayyan tarzda qo‘llab-quvvatlash va muhofaza qilish, hudud aholisining moddiy farovonligi jadal o‘sib borishini ta’minlash masalalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi
Orqaga Chop Etish  1456 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

29-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation