Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Ma`lumotlar /  Funksiya va vazifalari
Funksiya va vazifalari

Viloyat hokimligining funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
  • hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
  • mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
  • mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
  • normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
  • mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar.

Viloyat hokimligining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
  • jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
  • viloyat, tuman va shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat, tuman, shahar byudjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga taqdim etadi;
  • o‘z o‘rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdig‘iga taqdim etadi;
  • hokimlik devoni bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
  • quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;
  • rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;
  • xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
  • davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
  • aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.
Orqaga Chop Etish  4628 |   04-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation